ISLOMIY INVESTITSION FONDLAR
Quyida islomiy investitsion fondlarning tuzulishi, funksiyalai, mexanizmlari, muhim jihatlari va faoliyati bilan tanishib chiqiladi.
Fondlarning boshqaruviga asoslangan firmalar innvestorlarga nisbatan past risk holatida yuqori daromad olishga yordam berishga ixtisoslashgan. Investorlar fondlarga ma’lum miqdordag ulushni sotib olib a’zo bo’lishadi va o’z mablag’larini jamg’armaga ishonib topshirishadi. Investorlarning fondlardagi ulushi ularning fondlardagi hissasini birdiradi va har bir savdo kunida ushbu ulushlar ayirboshlanishi mumkin. Fond menejeri investorlarning mablag'larini birlashtirib, jamg’arma hosil qiladi. Keyinchalik, ushbu jamg’arma Shariat kengashi tomonidan taqdim etilgan ko'rsatmalarga muvofiq, maxsus o'qitilgan xodimlar yoki fond menejeri tomonidan investitsiya qilinadi. Foyda va daromadlar shartnomaga muvofiq investorlar va fond boshqaruvchisi o'rtasida taqsimlanadi. Menejer investorlarning foydagi ulushini taqsimlaydi. Investor birliklarni fond menejeriga sof aktiv qiymati (NAV) bo'yicha sotish orqali sotib olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |