Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish



Yüklə 70,12 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü70,12 Kb.
#196814
  1   2   3   4   5
Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxo-fayllar.org


Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish

Isloxotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish



Reja:
Kirish
I-bob
1.1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati.

1.2. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar.

1.3. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari.

1.4. Samaradorlikni baholovchi ko’rsatkichlar.

1.5. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari.



Xulosa……………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi har bir korxona ko`p sonli va turli muammolarga duch kelib, ulardan biri xo`jalik yuritish tizimida o`ziga munosib o`rin egallash hisoblanadi.
Bu vazifani korxona (firma) o`z oldiga aniq va ravshan ishlab chiqarish
g`oyasini: nimani, qachon va qancha ishlab chiqarishni belgilab qo`ygan holdagina
muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Ushbu savollarga berilgan ijobiy javob
korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligi, mulkchilik shakli, kuch-quvvati va boshqa belgilaridan qat'i nazar, uning yaratilishi va kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishiga asos bo`la oladi.
G`oyani real voqelikka aylantirish uchun u korxona mahsulotlari yoki
xizmatlariga buyurtmalar olish tizimi bilan kuchaytirilishi lozim. Belgilangan ishlab chiqarish faoliyati barcha turdagi - moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati bilan ta'minlanishi zarur. Bunda mahsulotni ishlab chiqarishgina emas, balki uning sotilishini ta'minlash, ya'ni sotuv kanallarini izlab topish ham muhim ahamiyat kasb etadi, korxonaning marketing strategiyasi hissasi katta bo`ladi.
Biznes-reja yuqorida aytib o`tilgan va shu kabi boshqa vazifalarni hal qilishga
xizmat qiladi. U bir tomondan korxona imkoniyatlarini aniq va to`g`ri baholashga
imkon bersa, boshqa tomondan muvaffaqiyatga va rejalashtirilgan ishning
daromadliligiga umid qilishga imkon beradi. Amaliyotning ko`rsatishicha, puxta
ishlab chiqilgan biznes-reja raqobatbardoshlik sharoitlarida korxonalarning ishlab
chiqarish va moliyaviy jihatdan barqarorligini ta'minlab, bozordan o`ziga munosib o`rin egallashiga imkon yaratadi.
Biznes-reja investitsiyalarni asoslab beruvchi umumlashtiruvchi hujjatlardan
dastlabkisi bo`lib, mahsulotlarning rejalashtirilayotgan nomenklaturasi va ishlab
chiqarish hajmi, sotuv bozori va xom-ashyo bazasi tavsifnomasi, ishlab chiqarishning er, energetika va mehnat resurslariga ehtiyojlari kabi ko`rib chiqilayotgan loyihaning tijorat, byudjet va iqtisodiy samaradorligiga doir tushuncha beruvchi bir qator ko`rsatkichlar haqidagi yiriklashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo`ladi. Ko`rsatkichlar hisob-kitobi mamlakatimiz va xorijiy investitsiyalash talablariga moslashtiriladi.
Biznes-reja intelektual mulk ob'ekti bo`lib, tijorat siri hisoblanadi va mos
ravishda himoya qilinadi.

Yüklə 70,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin