2- chizma.Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullar shakllari15 Chizmada ko’rinadiki boshqarishda qo’llaniladigan tashkiliy-ma’muriy usullari ikki shaklda: tashkiliy ta’sir ko’rsatish usullari; farmoyish berish usullari shakllarda namoyon bo’ladi.
Tashkiliy usullarning bu ikkala shakli birgalikda qo’llaniladi, bir-birini to’ldiradi va rivojlantiradi. Har ikkala shaklning uyg’unlashuvi ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olingan holda optimal bo’lishi kerak.
Tashkiliy ta’sir ko’rsatishturli tashkiliy choralarni, ya’ni:
* ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy strukturalarini belgilash,
* ichki tartib-qoidalarini o’rnatish;
* boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar o’rtasida optimallik va oqilona nisbatni o’rnatish kabilarni o’z ichiga oladi.
Yaxshi tashkil etilgan loyihalash, reglamentlash va normalash tadbirlari boshqarishga juda katta yordam beradi. Eng avvalo, ular boshqarish jarayonida: * muntazamlik va obyektivlikni ta’minlaydi;
* asossiz va tasodifiy harakatlarga chek qo’yadi;
* reglamentlangan tartib o’rnatadi.
Bundan tashqari, menejmentining mavjud shakllarini, bo’limlar strukturasini va ayrim kishilar, shaxslar faoliyatini amaliy jihatdan tushunib olishga, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilishda yordam beradi.