Ismailova T. S., Haydarov B


«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki –



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə86/104
tarix16.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#75709
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki – qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq «G’alla-bank» aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so’m miqdorida shakillantirilgan.
«Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan sho’ba injiniring kompaniyasi«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturini ijro etish hamda aholi punktlarining bosh rejalar va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq tasdiqlangan na’munaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko’lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009 yil 3 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko’lamini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Komil inson ham milliy, ham bashariy mohiyatga ega bo’lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g’oya asosida tarbiyalangan shaxs.
Konstitutsion burch – O’zbekiston fuqarolari Konstitusiyada belgilab qo’yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo’lgan majburiyatlardir.
Konstitusion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjatkonstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta’minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham o’zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta’minlaydi.
Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo’lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri, referendum o’tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o’zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar subyektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me’yoriyhuquqiy hujjat.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin