Ismailova T. S., Haydarov B


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar –



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə89/104
tarix16.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#75709
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o’sish, ishsizlik, inflyasiya darajasi va boshqalar.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 sentyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.
Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi.
Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to’lovlar bo’lib, ular hisoblangan summalar yig’indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo’linadi: ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar.
Mikrokredit – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo’jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fermer xo’jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha beriladi.
Mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Modernizatsiya obyektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin