Investitsion soliq krediti – soliq majburiyati bo’yicha to’lash muddatini o’zgartirish imkoniyati beriladi, agarda soliq to’lovchida belgilangan tartibdagi asos bo’lsa, u holda soliq to’lovlarini kamaytirilgan holda ma’lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to’lash mumkin bo’ladi.
Investitsion hamkorlik -xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko’rinishi bo’lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni maqsad qilgan.
Investitsiya – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligasiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.