Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar.
Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi.
To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar –bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi.