Fermer xo’jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.
«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o’z vaqtida va aniq baholashga yo’naltirilgan xalqaro reyting agentliklari.
Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.