Ismailova T. S., Haydarov B



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə168/188
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#44621
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   188
Ismailova T. S., Haydarov B-fayllar.org

Fuqarolik jamiyati – Konstitusiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.

Fuqarolik jamiyati institutlari – jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiy–iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.

Fuqarolik mas’uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko’paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.

Xalqaro valyuta jamg’armasixalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin