Erkin industrial - iqtisodiy zona – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi.
Erkin saylovlar –xalqqa o’z liderlarini tanlash huquqini hamda liderlar va xalqqa o’z fikrlarini bahsli masalalarda erkin bildirish huquqini beradi. Saylovlarda saylangan shaxslar chindan ham xalqning vakillari ekanligiga ishontirish uchun vaqti - vaqti bilan uchrashuvlar o’tkazib turadilar. Saylanish imkoniyati bunday vakillarni xalq fikr irodasiga e’tibor berishlarini kafolatlash uchun ko’mak bo’ladi.