9.3. Madaniyat, tashkilot, korporativ madaniyat.
“Madaniyat” kabi tushunchani ta’riflash oson emas. Madaniyat – bu insonlarni birlashtiruvchi narsa. Madaniyat yoki sivilizatsiya keng ma’noda – bu bilimlar, tasavvurlar, san’at, axloq, qonun, an’analar, shuningdek, jamiyat a’zosi sifatida inson o’rgangan qobiliyatlar va odatlar yig’indisidir.Madaniyat – bu insonlarning ma’lum guruhiga mansub bo’lgan hayotning betakror tarzidir. Madaniyat – bu muloqot orqali beriladigan bilimlar, jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinadigan hamda ularning jamoat tuzilmalarida aks ettiriladigan odob qoidalaridir. Madaniyat – bu moddiy fenomen emas, u buyumlar, insonlar, axloq yoki hissiyotlardan tarkib topmaydi. Madaniyat – bu inson tafakkuridagi buyumlar haqida tasavvurlar, qabul qilish modellari va mazkur buyumlarning o’zaro bog’liqligini anglash degani.
Madaniyat – bu shunday narsaki, unga mazkur ijtimoiy guruhning barcha yoki deyarli barcha a’zolari mansub bo’lib, uni kattalar kichkinalarga beradilar, bu narsa mazkur ijtimoiy guruhni dunyo haqidagi tushunchasini va xulqini shakllantiradi. Eng muhimi, bizning hissiyotlarimiz, fikrlarimiz, axloqimiz tasodifiy emas, balki milliy madaniy meros hamda tarixiy rivojlanishning natijasidir. Bularning hammasini biz boshqa madaniyatlar namoyandalari bilan uchrashganimizda his etamiz.
Madaniyat- bu birgalikdagi tajriba (milliy, etnik, diniy) bo’lib, umumiy til, muloqot tarzi, urf-odatlar, e’tiqodlar, tasavvurlar va boyliklarda aks ettiriladi. Ushbu mavzuda “madaniyat” tushunchasi san’at, musiqa, adabiyotni o’z ichiga olmaydi. Mazkur tushunchaning 250 tadan ortiq ta’rifi berilgan. Bulardan:
Dostları ilə paylaş: |