Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Qaymog`ini olish siyosati



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

Qaymog`ini olish siyosati
– bunda narx qandaydir bir yuqori darajada 
belgilanadi, mahsulot esa segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan 
bozorda sotiladi. 


346 
Kirib olish siyosati
– 
past narxlarni joriy qilish va katta hajmli tovar 
oborotini amalga oshirishni ko’zda tutadi. 
Ishlab chiqarish rejasi

korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlarini aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi. 
Tayyor mahsulot
– 
standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq 
tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga 
topshirilgan buyumlardir. 
Yarim fabrikatlar
– 
texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin 
keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan 
mahsulotlardir. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish

 sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish 
o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik 
nazoratda turgan mahsulotlardir. 
Tovar mahsulot
– hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga 
mo’ljallangan mahsulotdir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor mahsulotlar, sotishga 
mo’ljallangan yarim fabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat 
xarakteridagi ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. 
Ishlab chiqarish quvvati
– barcha mavjud iqtisodiy resurslardan ilg’or 
texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg’or usul va shakllarini qo’llash orqali 
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulot ish va xizmatlarning maksimal 
miqdoridir. 
Nazariy quvvat
– ideal ish sharoitida erishish mumkin bo’lgan xo’jalik 
operatsiyalari hajmini ifodalaydi. Ushbu quvvat texnik jihatdan erishish mumkin 
bo’lgan quvvatdir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin