Interaktiv rejalashtirish
–
istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga
erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi.
Normalashtirish
–
normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va
belgilash uslubidir.
Norma
–
mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini
ta’minlash uchun xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha
ruhsat etilgan kattaligidir.
Normativ
–
nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan
foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda
belgilanadi.
344
Ko’rsatkich
–
sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga
juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi.
Miqdor ko’rsatkichlar
–
yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va
boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi.
Sifat ko’rsatkichlar
–
nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari
orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish,
xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish.
Natural ko’rsatkichlar
–
korxona rejasining moddiy–buyumlashgan
mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi
o’ziga xos birliklarda o’lchanadi.
O’sish
–
korxona o’lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining
kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv
hajmining o’zgarishi.
Rivojlanish
– birinchi navbatda xo’jalik tizimining sifat jihatidan o’zgarish
va yangilanishi, barcha bo’limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni
ko’zda tutadi.
Ideal
–
tadbirkorlik ob’ektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy
innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan
o’zgarishlar kiritish.
Real
–
moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi
bilan korxonada qisman reforma (qayta o’zgarishlar) ni amalga oshirish.
Radikal
–
boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini
va ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardorligini oshirish, mehnat
unumdorligini
oshirish,
xarajatlarni
kamaytirish,
moliyaviy
natijalarni
yaxshilashga yo’naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish.
Gorizontal
–
mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarish va sotish hajmlarini ko’paytirish orqali (geografik ekspansiya)
Vertikal
–
texnologik jihatdan o’zaro bolangan ishlab chiqarishni tashkil
etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish.
|