4.1–chizma. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni.
Norma va normativlar o’lchov va chegaralash funksiyasi bilan bir qatorda
xisob, nazorat va tartibga solish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab
chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan
solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash,
erishilgan natijalarni obyektiv baholash asosi bo’lib xisoblanadi.
Norma va normativlar quyidagi asosiy guruxlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
mehnat sarfi normalari;
material sarfi iormalari;
vaqt normalari (asosiy, yordamchi va h.k.);
mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari;
58
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari;
atrof–muhitni muhofaza qilish normativlari;
loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari;
kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari.
Norma va normativlar rejalashtirilgan yildagi faoliyatning texnik–iqtisodiy
va tashkiliy sharoitlari asosida shakllanadi. Vaqt o’tishi va ish sharoitlari
o’zgarishi, shuningdek, ITT ta’sirida amaldagi norma va normativlar ham qayta
ko’rib chiqiladi.
Norma va normativlar texnik,iqtisodiy va fiziologik jixatdan asoslangan
bo’lishi lozim. Iqtisodiy asoslanganlik normalarning o’z aro tent kuchli va
optimalligini taxminlashi ko’zda tutadi. Texnik asoslanganlik ishchining o’rtacha
bilim darajasida va o’rtacha mehnat intensivligi sharoitida ishlarni bajarish
davomiyligiga omillar ta’sirini umumlashtirishni ko’zda tutadi. Normalarning
fiziologik asoslanganligi ularning ishlash va dam olish reglamentlariga, sanitar –
gigienik sharoitlariga muvofiqligini ifodalaydi.
4.2 – chizma. Normalarni o’rnatish uslublari.
|