135
Shuningdek, ta’sischilar tarkibidagi eng yirik ulushni qo’shgan
shaxslarni
yoki aktsionerlarni ko’rsatilishi ham talab etiladi. Korxona to’g’risidagi
ma’lumotlarning aniq bo’lishi qiziquvchilarning yoki investorlarning ishonchini va
uning bozordagi barqaror o’rni haqidagi fikrlarni mustahkamligini ta’minlashi
lozim.
Tashqi muhitga munosabati nuqtai nazaridan korxona tahlilini amalga
oshirish uchun samarali vosita sifatida SWOT- tahlilini
amalga oshirishni tavsiya
etish mumkin.
SWOT-quyidagilarni bildiradi: S-strength (kuchli tomonlar);
W- Weakness
(zaif tomonlar); O - Opportunities (imkoniyatlar); T- Thereats (xavflar).
SWOT-tahlili korxonaning kuchli va zaif tomonlari tahlilini,
mumkin
bo’lgan xavf-xatarlar muxitini o’rganish va bashorat qilishni (prognozlash), zararni
oldini olish bo’yicha
tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning
strategik va joriy
(taktik) imkoniyatlari tahlilini,
xavflarni oldini olish, zaif tomonlarni qisqartirish
bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning kuchli tomonlarini
mustahkamlash va imkoniyatlarni kengaytirishni ko’zda tutadi.
Baholashning
mukammalligi va uning biznes-rejada detallashtirish darajasi tahlilning
yo’naltirilishiga (kimga va nima uchun) va maqsadlariga bog’liq bo’ladi
4
.
SWOT-tahlilning asosiy g’oyalarini tushunarli bo’lishi
uchun olingan
natijalarni jadval shaklida aks ettirish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: