Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Korxonani tavsiflash bu korxona faoliyat ko’rsatuvchi tarmoqni, uning 
rivojlanish holati, investitsiyalarni jalb qilishining baholanishini tavsiflashi lozim. 
Tarmoqni tavsiflash undagi iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va 
tashqi omillar haqidagi ma’lumotlardan (mavjud kon’yunktura, kutilayotgan 
raqobatchilar va mahsulot iste’molchilari, iqtisodiy siyosatning o’zgarishi va 
hokazo) iborat bo’lishi kerak. 
Korxona to’g’risidagi axborot korxonaning hozirgi holati, uning kuchli va 
zaif tomonlari, tashkiliy-texnik darajasi, menejmenti va zamonaviy talablarga mos 
kelishi haqidagi ma’lumotlarni qamrab olishi lozim.
Korxona tavsifi korxona to’g’risidagi axborotlardan, xususan uni yaratish 
tarixi, tashkiliy-huquqiy shakli, xo’jalik aloqalari, korxonaning bozordagi ulushi 
hamda rivojlanish tendentsiyalaridan iborat bo’ladi. Bu axborotlar korxonaning 
ishonchliligini mustahkamlash uchun asos bo’ladi. 
Biznes rejaning “Korxona mahsuloti tavsifi” bo’limida ishlab chiqariladigan 
mahsulot xarakteristikasi uning boshqa o’xshash mahsulotlardan farq qiluvchi 
jihatlari yoritiladi. 
Mahsulot tavsifida uning boshqa raqobatchi mahsulotlardan farq qiluvchi 
xususiyatlariga, uning yashash davrining xar bir bosqichida qo’llaniladigan 
marketing elementlariga, xarakatlarga alohida urg’u beriladi. 
 


149 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Korxonani bozordagi holati nima maqsadlarda tavsiflanadi? 
2. Biznes faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar tavsifi? 
3. Tovar yoki mahsulotni tavsiflashda qaysi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi? 
4. Raqobat ustunligi qaysi mezonlar bilan tavsiflanadi? 
5. Korxonaning tashkiliy-texnik darajasi deganda nima tushuniladi? 
6. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari qanday baholanadi? 
8. SWOT- tahlilini qanday amalga oshiriladi? 
9. Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda qanday masalalarga asosiy 
e’tiborni qaratish lozim? 
10. Mahsulotning hayot bosqichlari deganda nimani tushunasiz? 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin