Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
10.3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi 
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan 
foydalaniladi: natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o’lchovlar bir 
turdagi mahsulotlar hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi. 
Quvvati, o’lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab chiqarishda 
shartli yoki shartli-natural o’lchovlardan foydalaniladi. Ushbu o’lchovlar barcha 
turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish imkonini beradi. 
Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imi asosida hisoblanadigan o’tkazish 
koeffitsienti qo’llaniladi. 
Ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural 
o’lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat 
o’lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o’lchovlari yordamida ishlab chiqarish 
dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o’lchovlari korxona, sex va 
uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich 
ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli asosiy 
ko’rsatkich bo’la olmaydi. 
Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar 
mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari kiradi. Yalpi 
aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlarda yaratilgan 
mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida 
iste’mol qilishga yo’naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi. 


177 
Ushbu ko’rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko’zda tutadi. 
Yalpi aylanish korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi 
o’zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja 
ko’rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol 
qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan 
mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlarni 
qayta ishlash; o’zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan havo, buni 
iste’mol qilish; o’zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy ta’mirlashda 
iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi. 
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni 
rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona 
ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. 
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor 
mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining 
iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim. 
Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq 
tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga 
to’shirilgan buyumlardir. 
Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin 
keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan 
mahsulotlardir. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish 
o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik 
nazoratda turgan mahsulotlardir. 
Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan 
mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor 
mahsulotlar, sotishga 
mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi 
ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot hajmini 
quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin: 


178 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin