Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
6-Masala 
Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat 
bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 
soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, 
mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
 
 


296 
7-Masala 
Hisobot davrida korxona “A” turdagi mahsulotdan 2000 dona “B” 
mahsulotdan 3000 dona ishlab chiqardi.

“A” mahsulotning narxi 1800 so’m, “B” 


mahsulotning narxi 2580 so’m. Chetga amalga oshiriladigan ishlab chiqarish 
xarakteridagi ishlar qiymati 3700 ming so’m; Yil boshidagi tugallanmagan ishlab 
chiqarish qiymati 7500 ming so’m, yil oxiriga 5300 ming so’mni tashkil etadi. 
Shuningdek, asosiy mahsulot bilan birga 12000 ming so’mlik tara ishlab 
chiqarilgan bo’lib, undan 8000 ming so’m tashqari uchun mo’ljallangan. Yalpi, 
tovar mahsuloti hajmini aniqlang. 
 
8-Masala 
Korxona 520 ming so’mlik asosiy mahsulotni ishlab chiqarishni 
rejalashtirgan bo’lib, chetga ishlab chiqarish xarakterida bajariladigan ishlar 
qiymati 48 ming so’m bo’lib, rejalashtirilgan yildagi yarim tayyor mahsulotlar 
qiymati 50 ming so’m, undan 50 foiz korxona uchun foydalaniladi. Tugallanmagan 
ishlab chiqarish hajmi yil oxirida 38 ming so’mga ko’payadi. Yil boshida omborda 
sotilmagan mahsulot qoldig’i 80 ming so’m, yil oxirida esa 30 ming so’mni tashkil 
etishi rejalashtirilgan. Sotilgan, tovar va yalpi mahsulot hajmini aniqlang. 
 
9-Masala 
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yalpi, tovar va sotilgan 
mahsulot hajmini aniqlang. 
60000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, chetga 1500 ming so’mlik 
xizmatlar ko’rsatilib, tashqariga 90000 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab 
chiqarilib, o’z ehtiyoji uchun 20200 ming so’mlik yarim tayyor mahsulot ishlab 
chiqarilgan. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati yil boshiga 34000 ming so’m 
bo’lib, yil oxiriga esa 48000 ming so’mni tashkil etadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin