Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
16 – Masala 
Ishlab chiqarish dasturining yillik mehnat sig’imi 6516.5 norma – soat, 
samarali ish vaqti fondi 2075.1, mahsulot ishlab chiqarish normalarini bajarish 
koeffitsienti 1.32 ga teng. Ishchilarning rejali sonini aniqlang. 
 
17 – Masala 
Rejalashtirilgan mahsulot hajmining texnologik mehnat sig’imi 2080 ming 
norma-soat bo’lib, reja yilida mehnat sig’imini 5 foizga kamaytirish ko’zda tutilib, 


306 
bundan tashqari mehnatni tashkil etishni yaxshilash hisobiga mehnat 
unumdorligini 5 foizga oshirish rejalashtiriladi. Bir ishchining samarali ish vaqti 
fondi 1800 soat, ishlab chiqarish topshiriqlarini 111.5 foizga bajarish ko’zda 
tutiladi. Asosiy ishchilar jami ishchilarning 70 foizini tashkil etadi.
Rejalashtirilgan ishchilar sonini aniqlang. 
 
18 – Masala 
Korxonaning ikki yillik ma’lumotlari mavjud bo’lib, ishchilar sonining 
ko’payishi hisobiga mahsulot hajmining o’zgarishini, mehnat unumdorligining 
o’sishi hisobiga mahsulot hajmining o’zgarishini hamda mehnat unumdorligining 
o’sishi hisobiga mahsulot hajmining o’sishi ulushini aniqlang. 
Ko’rsatkichlar 
1-yil 
2-yil 
O’zgarishi (+;-) 
Mahsulot hajmi, ming so’m 
2100 
2279.1 
+179.1 
Ishchilar soni, kishi 
700 
710 
+10 
O’rtacha yillik mehnat unumdorligi
ming so’m 
3000 
3210 
+210 
 
19-Masala 
Korxonadagi ishchilar soni o’tgan yili 520 kishini tashkil etgan, reja yilida 
mahsulot hajmini 3 foizga oshirish ko’zda tutilib, bunda ishchilar soni bo’yicha 12 
kishi iqtisodiga erishish ko’zda tutilgan. Mehnat unumdorligi o’sishi darajasi 
aniqlansin. 
20-Masala 
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda bir ishlovchining hisobot va 
reja davridagi mehnat unumdorligini hamda reja davridagi o’rtacha ro’yxatdagi 
xodimlar sonini aniqlang. 
Hisobot davrida tovar ishlab chiqarish hajmi 9000 ming so’m bo’lib, 
o’rtacha ro’yxatdagi xodimlar soni 160 kishini tashkil etadi. Reja davrida tovar 
mahsuloti hajmini 11500 ming so’mga yetkazish rejalashtiriladi. Mehnat 
unumdorligini 7 foizga oshirish ko’zda tutilgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin