Rejalashtirish mohiyati – xo’jalik yuritish shaklarini, faoliyatni,qo’yilgan maqsadlarni ilmiy jihatdan asoslash. Rejalashtirishning bosh vazifasi – korxonaning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini zaruriy dalillar asosida shakllantirish. Rejalashtirish o’rgatadi – iqtisodiy resurslardan foydalanish qoidalarini, usullarini va tartiblarini.
343
Texnik–iqtisodiy rejalashtirishda –
korxonalarning texnik va iqtisodiy rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi. Operativ rejalashtirish –
ishlab chiqarish rejalaridagi ko’rsatkichlar chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. Taktik rejalashtirish –
avvaldan belgilangan maqsadlarga erishish uchun vazifa va vositalarni asoslashni ko’zda tutadi. Masalan, kelgusi 5 yil ichida bozorda ustunlikka erishish taktik maqsadi korxona raxbariyati tomonidan marketing bo’limiga yuklatiladi. Reaktiv rejalashtirish –
erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini tahlil qilishga asoslanadi hamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi. Inaktiv rejalashtirish –
korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi, ya’ni orqaga ham qaytmaydi, ilgariga qarab harakat ham qilmaydi. Uning asosiy maqsadi ishlab chiqarishning barqarorligiga erishishdir. Preaktiv rejalashtirish –
korxona faoliyatining turli sohalarida uzluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilg’or yutuqlariga tayanadilar.