Diversifikatsiya –
turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga birlashtirish. Biznes g’oya –
insonning fikrlash faoliyati natijasi bo’lib, tashqi stimullar va ichki xohish, istak, extiyoj, qiziqish qadriyatlar, ideal va emotsiyalar majmui bilan belgilanadi. Missiya –
xo’jalik sub’ektining uning maqsadlari, faoliyat sohasi, jamiyatdagi o’rnining qisqacha tavsifi. Maqsad –
korxonaning istiqboldagi istalgan ko’zda tutilgan holatidir. Biznes reja –
korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Rezyume – biznesrejaning qisqacha tavsifidir. Tovar –
bu ehtiyojni qondiruvchi vositadir. O’rtacha xarajatlar plyus foyda –
prinsipibo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ko’zlangan foyda normasi – olishni ta’minlaydigan narx belgilash. Bunday yondashuvni qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash –
bunday yondashuvni qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qo’lanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilash siyosati – korxonalar o’zlarining umumiy maqsadlariga muvofiq narxlar bo’yicha qaror qabul qilganidan keyin kundalik faoliyatida rioya qiladigan umumiy qoidalar.