Normal ishlab chiqarish quvvati – korxona tovarlariga talabni bir necha yil davomida qondirish uchun yetarli bo’lgan xo’jalik faoliyatining o’rtacha darajasini ifodalaydi. Amaliy quvvat – korxonaning ish tartibini e’tiborga olgan holda (ishlab chiqarish vaqtida jihozlarni ta’mirlashda turli ish tartibi bilan bog’liq
347
yo’qotishlarni hisobga olgan holda) samaradorlikni saqlash orqali erishiladigan eng yuqori ishlab chiqarish darajasini belgilaydi. Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsienti – jihozlardan quvvat bo’yicha foydalanish darajasini ifodalaydi va vaqt birligi ichidagi unumdorligni norma bo’yicha belgilangan unumdorlikka bo’lish orqali aniqlanadi. Tashkiliy tuzilma –
boshqaruv komandasining barcha mansablari keltiriladi. Agar mansablarni ustama xarajatlarni o’zgartirmay to’ldirish imkoniyati bo’lmasa, u holda ushbu funksiyalar kim tomonidan qay tarzda bajarilishi (chetdan xodimlarni, konsultantlarni jalb qilish yoki funksiyalarni qo’shib olib borishni yo’lga qo’yib) va ushbu mansablar doimiy xodimlar bilan qachon to’ldirilishi aniqlanishi talab etiladi. Ishchilar sonini hisoblash –
korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi. Smenalik koeffitsienti –
ishchilarning smenada bandligi maromiyligini ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient har bir tsex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi.