Ish haqini rejalashtirish -
belgilangan turdagi va sifatdagi mahsulotni ishlab chiqarganlik uchun xodimlarga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar hajmini belgilash hamda ishlab chiqarish xarakterini, xodimlar malakasini va ish sharoitlarini e’tiborga olgan holda xodimlar toifalari o’rtasida ish haqi darajasining mutanosibligiga erishishni ta’minlashni ko’zda tutadi. Mahsulot tannarxi – korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Tannarxda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari o’z aksini topadi. Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruhlash –
iqtisodiy jihatdan bir xil mazmunga ega bo’lgan xarajatlarni guruhlashni ko’zda tutadi.
348
Kalkulyatsiya –
mahsulot birligi uchun sarflar bo’lib, u har bir mahsulot turi uchun alohida alohida hisoblanib, mahsulot narxini shakllantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Umumiy kalkulyatsiya –
ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlaridan qat’iy nazar, korxonadagi mahsulot uchun sarflanadigan o’rtacha xarajatlarni hisob-kitob qilishni ko’zda tutadi. Tur kalkulyatsiyasi –
esa har bir mahsulot uchun alohida kalkulyatsiyani hisoblashni ko’zda tutadi. Moliyaviy rejalashtirish – muayyan muddat uchun moliyaviy resurslarning harakati jarayonidir.