VII. BOB. BIZNES-REJANING ASOSLANGANLIGI VA ISHONCHLILIGI
Tayanch so’z va iboralar: biznes reja, axborot, ma’lumot, ishonchlilik,
rejalashtirish ob’yekti, rejalashtirish texnologiyasi, resurs, tavakkalchilik,
sug’urtalash.
7.1.Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarishning zarur
iy
ati.
Biznes rejaning qiymati va ahamiyati investorni mablag’ jalb etishga
ishontirish bilan cheklanmaydi. Biznes reja shuningdek rahbarlar uchun korxona
faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish, xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf
etish tadbirlarini amalga oshirish vositasi hamdir. Bundan tashqari biznes reja
korxonaning real imkoniyatlarini baholashga yordam beradi, qo’yilgan vazifalarni
optimal yechimlarini ko’rsatadi, xatolikalarni bartaraf etadi, korxonaning
istiqbolini ko’rsatib beradi.
Biznes reja asosida investor yoki kreditor (beruvchi ) firma tog’risa o’z
fikrini shakillantiradi va unga mablag’ berish borasida qaror qabul qiladi. Shu
sababdan biznes rejani tuzishda ushbu xujjat kimga yo’naltirilganligini (kreditorga
yoki investorga) aniq bilish muhim. Chunki bu mablag’ beruvchi guruhlarning
maqsadi turlicha va shunga ko’ra biznes rejani baholash prinsplari ham farqlanadi .
Ma’lum muddatga qarz mablag’larini taklif qiluvchi kreditor olishiga
ishonch xosil qilishi lozim .Uni korxona oladigan foyda miqdori kam qiziqtiradi,
faqat qarzni to’lashga yetishini bilishi kifoya.
Investorning tavakkalchiligi yuqoriroq ko’p xolatda investor qo’ygan
kapitalni yo’qotishi mumkin. Shu sababli bunday tavakkalchilikka borish uchun
investor yuqori foyda normasiga erishishidan manfaatdordir.
Demak, biznes rejani kreditor korxona faoliyatini ishonchliligi va
barqarorligi nuqtai nazaridan, investor esa daromadliligi nuqtai nazaridan
baholaydi.
105
Har qanday holatda ham biznes reja yengil o’qiladigan va to’g’ri
rasmiylashtirilgan bo’lishi talab etiladi. Biznes rejani hajmi o’rtacha 40 sahifadan
oshmasligi, agar oshib ketsa ilovani shakillantirish to’g’risida o’ylash kerak.
Biznes rejani tuzishda tovar yoki xujjatga emas, balki tanlanga bozorga va
haridor talabini qondirishga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan,
iste’molchi kitob sotib olishdan qanday naf ko’radi? Bunda haridor “kitob“ tovar
emas, balki bilim olish vositasini sotib oladi.Biznes reja aynan ana shu nuqtaga
e’tibor qaratishi kerak. Shu bilan birga ushbu tovarni qanday ustunlikka ega
bo’lishini ham ko’rsatib o’tishi lozim.
Har qanday g’oya u qanchalik jozibador bo’lmasin, chuqurlashtirilgan tarzda
aniqlashtirilishi lozim.
Biznes rejani ishlab chiqish katta mehnat va mablag’ talab etuvchi jarayon
bo’lganligi sababli dastlab loyixaning texnik iqtisodiy asoslamasini tayyorlash va
ushbu g’oyani investorlar uchun qiziqarlilik darajasini baholash lozim.
Tadqiqotning asosiy maqsadi quydagi jihatlarni yoritish hisoblanadi:
- muqobil loyihalarning mavjudligi;
- xom ashyo va material resurslarning mavjudligi, narx va talab istiqbolini har
tomonlama tadqiq qilishga extiyojning mavjudligi.
- tashqi muhit sharoitlarini ularni jarayoni xarakteriga muvofiqligi .
G’oyani biznes rejaga aylantirish uchun ichki va tashqi omillarni hamda
ularning ta’sir darajasini aniqlash talab etiladi.
Dastlab
korxonaning
ichki
imkoniyatlarini
baholash,
yakuniy
muvaffaqiyatini qanday omillarga (moddiy, nomoddiy, intellektual va ma’naviy)
bog’liqligi o’rganish lozim.
106
Bunda asosiy va aylanma kapital, kadrlar tarkibi, menejerlarning intellektual
salohiyati baholanadi.
Korxonaning potensual imkoniyatlari va tashqi muhit sharoitlarini o’zaro
muvofiqlashtirish ya’ni maqsad va vazifalarni aniqlashtirish imkoniyatini
yaratadi.
Aniq vaqt orasidagi bosh maqsad xo’jalik portfelini rivojlanishi strategiyasidan
ajralgan xolda belgilanishi mumkin emas. Bu shuni ifodalaydiki, korxona o’z
faolligini faqat ularning xajmini to’rtta yo’nalishi bo’yicha kengaytirish yo’li bilan
oshirib boradi:
eski nomenklaturani eski bozorda ;
eski nomenklaturani yangi bozorda;
yangi nomenklaturani eski bozorda ;
yangi nomenklaturani yangi bozorda.
Shu sababli korxonada o’z maqsadlariga ega bo’lgan bir nechta bo’linmalar
shakillanadi.
Rejalashtirish texnologiyasi quydagi jarayonlardan tashkil topadi:
-
korxonaning asosiy maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalarni aniqlash
va asoslash;
-
qo’yilgan vazifani rasmiylashtirish;
-
vazifalarni ish turlari, xajmi va bajaruvchilar bo’yicha taqsimlash;
-
rejalashtirish davri uchun harajatlar va olinadigan daromadlarning
detallashtirilgan hisobi;
-
rejaning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.
Tuzilgan
rejaning asoslanganligi va ishonchliligi ko’p jihatdan
foydalaniladigan axborotlarga bog’liq bo’ladi.
107
Axborot-intellektual, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining asosiy
resursi hisoblanadi. Axborotdan foydalanish mahsulot turini va boshqaruv
strategiyasini tanlashga, faoliyatni istemolchilarning ma’lum bir guruhiga,
potensial sotuv bozorlariga yo’naltirishga sharoit yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning asosiy vazifasi
mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Bozor
konyunkturasi bilan bir qatorda raqobatbardoshlik mahsulot sifati va bahosi
bilan belgilanadi.Bunda quyidagi ilmiy axborot faoliyati turlari muhim o’rin
tutadi:
-
axborot ma’lumotlari asosida muammolarni xal etishning konstruktiv,
uslubiy modellariniishlab chiqishni ko’zda tutuvchi axborotli
modellashtirish; ilmiy texnik vaziyatlarni prognozlashtirish;
-
axborot ekspertizasi, jumladan biznes rejani ishlab chiqishning barcaha
bosqichlarida olingan ma’lumotlarni dastlabki ma’lumotlar bilan
solishtirish;
-
ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash.
Axborot ta’minoti amaliyotida ma’lumot va axborot tushunchasi farqlanadi.
Ma’lumotlar – ob’ektning xolatini ifodalaydi va grafik, miqdor, termin
shaklda ifodalanishi mumkin.
Axborot- ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida olingan bilimlardir.
Boshqacha aytganda axborot tartibga solingan, qayta ishlangan ma’lumotlar
tizimidir.
Foydali axborotga aylanishda ma’lumotlar uch bosqichdan o’tadi:
-
jismoniy ya’ni ma’lumotni real qabul qilish imkoniyati bilan bog’langan;
-
semantik-qabul qilingan belgi, kod, shifr, terminlar, standartlar bilan
belgilanuvchi;
-
pragmatik-ma’lumotlarning foydaliligi va zarurligini baholovchi.
108
Biznes rejani ishlab chiqish jarayonida istiqbol va marketing ma’lumotlari
bilan bir qatorda juda katta hajmdagi ichki axborotlardan ham foydalaniladi:
Ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi,va tuzilmasi, yangi mahsulot
ishlab chiqarish uchun jihozlarni sozlash imkoniyatining mavjudligi;
-
kadrlar, ularning soni va strukturasi;
-
moliya (o’z va qarz mablag’lari);
-
aylanma mablag’lar miqdori va ularga talab;
-
yangi ilmiy texnik ishlanmalarning tayyorlik darajasi va tuzilmasi.
Olingan axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish rejalashtirishga
tayyorgarlik bosqichiga tegishli. Ushbu bosqich ham rejalarning sifatli
tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
-
tayyorgarlik bosqichi quyidagilarni ko’zda tutadu:
-
resurslar va korxona salohiyatini tahlil qilish;
-
korxonaning ko’zda tutilgan faoliyatiniprognozlashtirish;
-
sotish va ta’minot bozorlari marketingi
Dostları ilə paylaş: |