Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
9.
Korxona xarajatlari: 
9.1 Har bir mahsulot bo’yicha tannarx va foyda


99 
9.2 Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar; 
9.3 Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi; 
9.4 Balans va sof foyda; 
9.5 Innovatsiya hisobiga xarajatlarni kamaytirish; 
9.6 Yangi tovarlar va innovatsiya loyihalari bo’yicha zararsizlikka erishish davri. 
10.
Moliyaviy reja: 
10.1 Korxonani va bo’linmalar bo’yicha foyda va zarar
10.2 Uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi. Amortizatsiya siyosati; 
10.3 Kredit rejasi; 
10.4 Moliyaviy xarajatlar; 
10.5 Faoliyat turlari bo’yicha sotuv hajmi; 
10.6 Korxona balansi; 
10.7 Korxona foydasini taqsimlash. Dividend siyosati; 
10.8 Ustav fondini shakllantirish va foydalanish; 
10.9 Korxona byudjeti (oylar va kvartallar bo’yicha); 
10.10 Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlari. 
Kichik korxonalar uchun tuziladigan biznes rejalar hajmi va bo’lim jihatidan 
ancha qisqa bo’ladi: 
1. Rezyume; 
2. Biznesning ifodasi; 
3. Marketing rejasi; 
4. Ishlab chiqarish rejasi; 
5. Moliyaviy reja. 
6.4. Rezyumeni yoritish tartibi 
 
Rezyume
biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja 
tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega 
bo’ladilar.
Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u 
ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar 


100 
ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan 
oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus 
terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima 
qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz 
raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning 
mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani 
amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. 
Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar 
rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham 
ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz 
lozim. Bular 
“Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega 
bo’laman?”
hamda 
“pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”.
Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu 
qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi. 
Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob 
berishdan iborat bo’ladi:
Biznes: 
­
biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi; 
­
biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi; 
­
aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda 
ma’suliyati. 
Mahsulot: 
­
mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari 
xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari. 
Bozor: 
– mavjud bozor sig’imi; 
– taqsimlash kanallari; 
– o’sish prognozi; 


101 
– ehtimol qilinayotgan bozor ulushi. 
Rahbar va personallar: 
– yaratiladigan ish o’rinlarining soni; 
– mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi; 
– mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. 
Moliyalashtirish: 
– talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi; 
–daromad va sof foyda prognozi; 
–kutilayotgan foyda prognozi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin