7.2.Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlari Ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi:
Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo‘linmalari yoki uning alohida
faoliyat yo‘nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni
aniqlash.
Reja tuzuvchilari - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional
xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar,
kompyuter texnikasi va uning dasturli ta’minoti.
Rejalarni tuzish tartibi:
Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki
xususiy rejalarni ketma-ketlikda o‘zaro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga
birlashtirish.
109
Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy
kompyuterli maxsus dasturlar;
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o‘lchami va turiga
bog‘liq bo‘ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi
qo‘llaniladi:
yuqoridan pastga;
pastdan yuqoriga;
aylanma usulda.
Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga
tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori
darajasida ishlab chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlari va bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish
mexanizmi shakllantiriladi. So‘ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko‘rsatkichlar
quyi bo‘g‘inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va
aniqlashtirilgan
shaklda
bo‘linma
rejalariga
kiritiladi.
Texnologik
rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo‘yicha ishlab
chiqarish hajmlari belgilanadi va o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni
aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan
tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo‘yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo‘yicha tashkil
etishda rejalashtirish ish o‘rinlari va bo‘linmalaridan boshlanib, so‘ngra
umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni
birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar
bo‘yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo‘g‘inlarda ularni aniqlashtiriladi.
So‘ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi.
Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq
echimlar qo‘shib boriladi.