10.3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda quyidagi o’lchovlardan
foydalaniladi: natural, shartli natural, qiymat va mehnat. Natural o’lchovlar bir
turdagi mahsulotlar hajmi va o’zgarishini baholash imkonini beradi.
Quvvati, o’lchami bilan farqlanuvchi bir turdosh mahsulot ishlab chiqarishda
shartli yoki shartli-natural o’lchovlardan foydalaniladi. Ushbu o’lchovlar barcha
turdagi mahsulotlarni baza qilib olingan bir turga keltirib olish imkonini beradi.
Bunda mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imi asosida hisoblanadigan o’tkazish
koeffitsienti qo’llaniladi.
Ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda umumiy mahsulot hajmini natural
o’lchovlarda ifodalash mumkin emas, shu sababdan ushbu maqsadda qiymat
o’lchovlaridan foydalaniladi. Mehnat o’lchovlari yordamida ishlab chiqarish
dasturining umumiy mehnat siimi aniqlanadi. Mehnat o’lchovlari korxona, sex va
uchastkalari ishlab chiqarish rejalarini tuzishda qo’llaniladi. Ushbu ko’rsatkich
ishlab chiqariladigan mahsulot soni borasida ma’lumot bermaganligi sababli asosiy
ko’rsatkich bo’la olmaydi.
Asosiy qiymat ko’rsatkichlariga yalpi aylanish, ichki aylanish, tovar
mahsulot, yalpi mahsulot, sotilgan mahsulot hajmi ko’rsatkichlari kiradi. Yalpi
aylanish korxona asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi sexlarda yaratilgan
mahsulotlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Yalpi aylanishga korxona ichida
iste’mol qilishga yo’naltirilgan, tashqariga sotiladigan mahsulotlar kiritiladi.
177
Ushbu ko’rsatkich korxona ichida mahsulotni takror hisobga olishni ko’zda tutadi.
Yalpi aylanish korxona faoliyatini tahlil qilishda ishlab chiqarish strukturasi
o’zgarganda (ya’ni sexlar ishga tushirilganda, sexlar kengaytirilganda) reja
ko’rsatkichlarini asoslashda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Ichki aylanish korxona ichida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun iste’mol
qilinadigan mahsulot qiymatini ifodalaydi. Korxona ichida iste’mol qilinadigan
mahsulotlarga tayyor mahsulot uchun o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlarni
qayta ishlash; o’zida ishlab chiqarilgan elektroenergiya, siqilgan havo, buni
iste’mol qilish; o’zida ishlab chiqarilgan bino, inshoot, jihozlarni joriy ta’mirlashda
iste’mol qilinadigan detallar kiritiladi.
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot zavod usulida aniqlanadi ya’ni
rejalashtirilgan tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar hajmidan korxona
ichida iste’mol qilinadigan mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi.
Tovar, yalpi, sotilgan mahsulot tarkibini yaxshiroq tushunish uchun tayyor
mahsulot, yarim fabrikat, tugallanmagan ishlab chiqarish kategoriyalarining
iqtisodiy mohiyatini aniqlash lozim.
Tayyor mahsulot standartlar yoki texnik shartlarga muvofiq to’liq
tayyorlangan, texnik nazoratdan o’tgan va tayyor mahsulot omborxonasiga
to’shirilgan buyumlardir.
Yarim fabrikatlar – texnologik jarayonning bir qismidan o’tgan, lekin
keyingi sexda ishlovdan o’tishi yoki yig’uv sexida foydalanilishi lozim bo’lgan
mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish sexda ishlov berishi tugallanmagan, ish
o’rnida ishlovdan o’tayotgan, ish o’rinlari orasida harakatlanayotgan, texnik
nazoratda turgan mahsulotlardir.
Tovar mahsulot hisobot yilida ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan
mahsulotlardir. Tovar mahsulot tarkibiga tayyor
mahsulotlar, sotishga
mo’ljallangan yarimfabrikatlar, buyurtma asosida bajarilgan sanoat xarakteridagi
ishlar, ta’mirlash ishlari, ehtiyot qismlar qiymati kiritiladi. Tovar mahsulot hajmini
quyidagi formula bo’yicha ifodalash mumkin:
|