Al-Muqit – mahluqotlarining holatlarini va ular muhtoj bo’lgan
narsalarni biluvchi Zotdir. Tananing ehtiyoji oziq-ovqat bo’lsa, ruhning
ozuqasi ilm va iymondir. Alloh taolo bandalarini ham moddiy, ham
ma’naviy rizq bilan ta’minlovchi, ularni parvarish qiluvchi Zotdir. U
mahluqotlariga rizq topish sabablarini ham yaratgan va o’rgatgan
Zotdir.
Al-Muqiyt
Nuso surasi
4:85
DALIL!
Eng zaif hashorotlarga ham eng onson shaklda rizq berilishida Al- Muqit
ismining namoyon bo’lishini ko’rishimiz mumkin. Masalan, bir qurt. U juda zaif va
ojizdir. Uning baquvvat va kuchli oyoqlari yoki qanotlari yo’q. Lekin uning rizqi
oson shaklda beriladi. Qurtlar barglar bilan yoki meva, sabzavotlar bilan
ozuqalanadi. Ozuqasiga esa egiluvchan badani va tirmashuvchan oyoqlari bilan
erishadi. Bu ilmni ularga al-Muqit bo’lgan Alloh o’rgatgandir.
Biz insonlar nafaqat moddiy ozuqaga balki, ruhiy ozuqaga ham juda
muhtojmiz. Alloh bizni shunday yaratgan va aynan shu hislatimiz ila biz
boshqa mahluqotlardan ajralib turamiz. Biz ilmga, iymonga, mehr-
muhabbatga, aqlu zakovatga juda muhtojmiz.
Moddiy va ma'naviy
ozuqa beruvchi Zot
ُﺖﻴِﻘُﻤْﻟﭐ ُﺖﻴِﻘُﻤْﻟﭐ
MAZMUNI:
30-KUN
Tasavvur qiling, bir kishiga juda ko’p boylik berilgan, ammo iymon, ilm yo’q.
U kishi bu boyligini to’g’ri sarflashni ham, oxiratiga zahira yig’ishni ham
bilmaydi. Ehson, sadaqaning savobini anglamaydi, bahillik qiladi. Ammo boy
kishida ilm bo’lsa, qalbida iymon bo’lsa, bu rizqni beruvchi Alloh ekanligi
tushunadi va Alloh yo’lida to’g’ri sarflashni ham biladi.
Aslida iymon ne’mati har qanday boylikdan, har
qanday hashamatdan qadrli, ulug’ne’matdir. Chunki,
banda aynan iymoni sabab dunyo va oxiratda
yaxshiliklarga erishadi.
Bizga O’zini tanitib qo’ygan, iymon, ilm, aql,
zakovat ato qilgan Robbimizga hamd bo’lsin!
ُﻪَﻟ
ْﻦُﻜَﻳ
ًﺔَﻨ َﺴَﺣ
ًﺔَﻋﺎَﻔ َﺷ
ْﻊَﻔ ْﺸَﻳ
ْﻦَﻣ
ًﺔَﻋﺎَﻔ َﺷ
ْﻊَﻔ ْﺸَﻳ
ْﻦَﻣَو
ۖ
ﺎَﻬْﻨِﻣ
ٌﺐﻴ ِﺼَﻧ
ُﱠﷲ
َنﺎَﻛَو
ۗ
ﺎَﻬْﻨِﻣ
ٌﻞْﻔِﻛ
ُﻪَﻟ
ْﻦُﻜَﻳ
ًﺔَﺌﱢﻴ َﺳ
ًﺖﻴِﻘُﻣ
ٍءْﻲ َﺷ
ﱢﻞُﻛ
ٰ َﲆَﻋ
O'rganganlarimizni
takrorlab,
mustahkamlaymiz!
Bolajonlar, Robbimizning go'zal ismlarini o'rganish asnosida, ular ma'no
jihatidan bir-birini to'ldirib kelayotganini guvohi bo'ldingiz. Bu ma'nolarni
chuqur anglab, ularning o'xshash va farqli jihatlarini solishtirib, umumiy
xulosalar chiqarishingiz uchun quyidagi savollarga yozma javob bering:
Robbimizning yaratuvchanligiga dalolat qiladigan ismlar
qaysilar? Ular bir-biridan qanday farq qiladi?
Allohnning ulug'ligini, buyukligini ifodalaydigan ismlarni yozing.
Ularni bir-biridan qaysi misollar ila ajratib bera olasiz?
Alloh hamma narsani biluvchi ekanligiga anglatadigan ismlar qaysilar?
Qaysi ismlarda Allohning cheksiz rahmati aks etgan?
Alloh taolo zolimlarga g'zab qilishini bilib oldingiz.
Bu sifatlar qaysi ismlarda o'z aksini topgan?
Alloh taoloning rizq beruvchi sifatlarini qaysi ismlar orqali o'rgandingiz?
Qaysi ismlar Alloh taolo O'zining suygan bandalrini ulug'lashi,
maqomini ko'tarishi haqida darak beradi?
Qaysi ismlar orqali Alloh taolo bizni doim nazorat qilishini
tushunib oldingiz? Bu bizni nimalarga o'rgatadi.