Alloh Zoti, qadri, qahri ulug’ bo’lgan Zotdir. Alloh taoloning buyukligi
ma’lum bir joy, makon yoki hajm bilan chegaralanib qolishdan
yuksakdir. Biz Allohni tasavvurimizga sig’dira olmaymiz. U O’zini e’tirof
etganchalik ulug’dir. Allohning Al-Kabiir, al-Akbar, al-Mutakabbir
ismlari bir ildizdan olingan bo’lib, Allohning ulug’orligiga dalolat qiladi.
Mening buyuk dardim bor dema, mening BUYUK Robbim bor degin!
Ayyub alayhissalom qissalari
Ayyub alayhissalomning hisobsiz molu qo’ylari, tuyalari, yerlari va sevimli
farzandlari bor edi. Ayyub alayhissalom shu narsalarda sinaldilar va ularning
hammasi qo’llaridan ketdi. Keyinroq esa badanlari ila sinaldilar: tanalarida
Allohni zikr qiladigan til va qalblaridan boshqa barcha a'zolari kasallandi.
Yonlarida mehribonlik qiladigan xotinlaridan boshqa hech kimsa qolmadi.
Shunday bo’lishiga qaramay Ayyub alayhissalom qanoatli, shukrli bo’lib, tillari
zikru shukr bilan mashg’ul, shikoyat va g’azab qilmas edilar. Ular uzoq yillar shu
ahvolda,baloga sabr qildilar. Shuncha muammolar ichida qolishlariga qaramay,
Allohning buyukligiga, rahmati, karami cheksizligiga ishonib sabr qildilar. Buyuk
Robbimiz ularni go’zal duo qilishlikka ilhomlantirdi.
“…(Parvardigorim), meni balo ushladi. O’zing rahm-shafqat qiluvchilarning
rahmlirog’idirsan", deb iltijo qildilar.
So’ng ularning badanlariga, oilalariga ofiyat berdi, molu dunyolarini qaytardi va
baraka ato etdi. Ularning molu mulklari bitmas-tuganmas darajada ko’paydi.
Alloh Ayyub alayhissalomni maqomlarini yuksaltirdi va iymonlarini quvvatladi.
Alloh qudratli va buyuk Zotdir!
Al-Kabiir
Har bir narsadan katta, buyuk
MAZMUNI:
“Allohu Akbar!” – “Alloh buyukdir!”. Aynan shu so’zlar ila azon chaqiriladi,
aynan shu so’zlar ila biz namozni boshlaymiz, har qanday hayrat ichida
qolganingizda aynan shu so’zlar ila Allohni ulug’lang, chunki Allohning
qudrati sizni hayratlantirgan narsadan buyukdir, ulkan muammolar
qarshingizdan chiqqanda, aynan shu so’zlar ila taskin toping, chunki
Allohning huzurida har qanday muammo kichikdir!
ُﺮﻴِﺒَﻜْﻟﭐ ُﺮﻴِﺒَﻜْﻟﭐ
28-kun
Ra'dsurasi
13:9
DALIL!
Dostları ilə paylaş: