Himoya qiluvchi, panohida saqlovchi, g’amxo’rlik qiluvchi, qo’riqlovchi qudrat
sohibidir.U o’zi yaratgan mahluqotlarini benihoya ilmi, kuchi, nazorati ila himoya
qiladi. Bu himoya Allohni toliqtirmaydi, unga mashaqqat tug’dirmaydi, Uni uyqu
yengmaydi. Gallaktikadagi sayyoralarning harakatlanishiga nazar solsangiz, ular
bir-birlari bilan mutanosib harakat qilayotganlarini ko’rasiz. Ular aylanish
jarayonida bir-birlariga tegib ketmaydilar, harakatdan to’xtab qolmaydilar.
Al-Hafiyz
Shuuro surasi
42:6
DALIL!
ِﻪِﻧوُد
ﻦ ِﻣ
اوُﺬَﺨﱠﺗا
َﻦﻳِﺬﱠﻟاَو
ﺎ َﻣَو
ْﻢ ِﻬْﻴَﻠَﻋ
ٌﻆﻴِﻔَﺣ
ُﱠﷲ
َءﺎَﻴِﻟْوَأ
ٍﻞﻴِﻛَﻮِﺑ
ﻢ ِﻬْﻴَﻠَﻋ
َﺖﻧَأ
Rahmon farishtalari haqida eshitganmisiz?
Bolajonlar, Al-Hafiyz bo’lmish Alloh bizga himoyachi farishtalarni biriktrib qo’ygan.
Ular Allohning amri ila bizni turli baxtsiz hodislardan, bizga jin va shaytonlardan,
odamlardan yetadigan zarar va ziyondan saqlab turadilar.
Chindan ham U himoyachi Al-Hafiyzdir. Uning iznisiz bir zarra, yoki bir tikon
ham bizga ziyon yetkaza olmaydi. Allohning izni ila bizga yetgan zarar
gunohlarga kafforat bo’ladi.
Alloh taolo aytadi: “Albatta, biz Zikrni(Qur’onni) nozil
qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz”.
Qur’on 15:9
“Allohning kursisi osmonlaru yerni qamragan U ularni
muhofaza qilishdan charchamas. U Aliy va Aziym Zotdir”.
Dostları ilə paylaş: