Ismlari ila 2-qism



Yüklə 17,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix05.12.2023
ölçüsü17,88 Mb.
#173576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Allohning go\'zal ismlari ila 30 kun 2-qism-compressed

َبﺎَﺗ
 
ﻦ َﻤﱢﻟ
 
ٌرﺎﱠﻔَﻐَﻟ
 
ﻲﱢﻧِإَو
ﱠﻢُﺛ
 
ﺎًﺤِﻟﺎ َﺻ
 
َﻞ ِﻤَﻋَو
 
َﻦ َﻣآَو
ٰىَﺪَﺘْﻫا
Toha surasi
20:82
DALIL!
Al-G’offar
Allohning bu ismi bilan qanday xulqlanamiz? 
Bolajonlar bilasizmi, mo‘min kishi do’stining o‘zgalarga zarari yetmaydigan
aybini bilib, uni yashirishi ulkan savobdir. Zero, Rosululloh sollallohu alayhi
vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi, uni
tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining g‘amida bo‘lsa, Alloh uning g‘amida
bo‘ladi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi.
Kim musulmondan bir tashvishni aritsa, Alloh undan Qiyomat kunining
tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh
Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, dedilar”
(Imom Buxoriy rivoyati) 
Sizning aybingizni berkitgan do’stingiz bormi?
______________________________________________________
Siz ham birovni aybini berkitishga o’zingizda kuch topa olasizmi?
______________________________________________________
Hadisdan qanday foydalar oldingiz? 
_______________________________________________________
ﺭﺎﱠﻔ َﻐْﻟﭐﺭﺎﱠﻔ َﻐْﻟﭐ
MAZMUNI:
5-KUN


Ojizlarga rahm qilmaydigan, zolim kishilarga Alloh taoloal-Qohhar
ismu sifati bilan g’azab qiladi va jazolaydi. Haddidan oshgan,
mutakabbirlik qilib Allohni unutgan kimslar haqida Qur’oni
Karimda ko’plab qissalar kelgan.
Samud qavmi qissasi 
Samud qavmi Hijoz va Shom shaharları o’rtasidagi al Hijr deb nomlangan
serhosil yerda yashar edilar. Ular qoyalardan mustahkam uylar yasar edilar.
Alloh taolo ularni sogʻlom va baquvvat, badavlat, serfarzand qilgandi.
Lekin Samud qavmi nodon, Allohni tanimaydigan kishilar edilar. Ular but-
sanamlarga, haykallarga ibodat qilishardi. Alloh ularga O’zini tanitish uchun
Solih alayhissalomni yubordi. Payg’ambar alayhissalom Ularni yolg’iz Allohga
ibodat qilishga da’vat etdilar. Ammo u zotga juda oz kambagʻal va nochor
insonlargina iymon keltirdilar xolos. Boy qabila boshliqlari esa iymon
keltirmadilar. 
Bir kuni Samud qavmi Solih alayhissalomdan mo’jiza talab qildilar. Shundagina
Allohga iymon keltirishga so’z berdilar. O’ylab-o’ylab toshdan tuya chiqarib
berolsagina, payg’ambar ekanligiga ishonishlarini aytdilar. Solih
alayhissalomning duolari bilan mo’jiza yuz berdi. Toshdan tuya chiqqanini
koʻrgan odamlar daxshatga tushib, koʻzlariga ishonmay, shoshib qoldilar.
Baʼzilari bergan vaʼdalarida turib iymon keltirdilar. Lekin ularning koʻplari Solih
alayhissalomga bergan vaʼdalarini unutib, kofirliklaricha qoldilar.
Allohning amri bilan qishloqdagi quduqdan bir kun Samud qavmi, bir kun tuya
suv ichishini kelishib oldilar. Bu Allohning tuyasi, unga ziyon yetkazish Allohning
g’azabiga sabab bo’lishi haqida Solih alayhissalom ogohlantirdilar. 
Ammo, mushriklar mojizaviy qizil tuyani o’ldirdilar. Shunda Alloh Solih
layhissalomga vahiy yubordi va 3 kun ichida qishloqdan chiqib ketishlarini,
kofirlarning boshiga al-Qoghhar bo’lgan Allohning azobi kelishini yetkazdi. Koʻp
vaqt oʻtmay, ularga osmondan qattiq, dahshatli qichqiriq ovozi eshitilib juda
kuchli zilzila boʻldi. Oqibatda kofirlar turgan joylarida halok boʻldilar. Lekin
shunchalik dahshatli zilzila boʻlishiga qaramasdan Alloh taolo Solih alayhissalom
va u kishiga iymon keltirgan moʻminlarni oʻz panohida saqlab qoldi.

Yüklə 17,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin