Ismlari ila 2-qism


“Subhana robbial azim” eng go’zal duolardandir!



Yüklə 17,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix05.12.2023
ölçüsü17,88 Mb.
#173576
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Allohning go\'zal ismlari ila 30 kun 2-qism-compressed

“Subhana robbial azim” eng go’zal duolardandir!


Al-G’ofur gunohlarni kechiruvchi, xatolarni berkituvchi, mahluqotlari
orasida bandasini hijolat qilmay mag’firat qiluvchi Zotdir. U
bandalarining gunohlari katta-kichikligiga qaramay, kechirib 
yuborishga qodir o’ta rahmli Zotdir. Ushbu ism Qur’oni Karimda 91
marta uchraydi. Ularning 72 tasida Rohim ismi bilan uyg’un keladi
Al-G'ofur 
Juda kechirimli, 
mag’firat qiluvchi Zot
MAZMUNI:
Istig’for qanday aytiladi?
 “Astag’firulloh” 
–“Alloh (gunohlarimni )
kechirishini so’rayman”
“Astag’firulloh va atubu ilayh”
– “Allohdan
kechirim so’rayman va tavba qilaman”.
Allohning Rahmati kengdir!
«Alloh taolo aytdi: «Ey Odam farzandi, rahmatimdan umidvor bo‘lar ekansan, sen
tarafingdan sodir bo‘lgan narsalarni kechiraman va hech parvo qilmayman. Ey
Odam farzandi, agar gunohlaring osmonga yetsa-da, so‘ng mendan mag‘firat
so‘rasang, seni mag‘firat qilaman va hech parvo qilmayman. Ey Odam farzandi,
agar sen Menga yer qobig‘icha xato bilan kelsang, so‘ng Menga biron narsani
sherik qilmagan holingda yo‘liqsang, senga yer qobig‘icha mag‘firat bilan peshvoz
chiqaman»
(Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
ﺭﻮُﻔ َﻐْﻟﭐﺭﻮُﻔ َﻐْﻟﭐ
25-kun
Anfol surasi
8:69
DALIL!
 
ۚ
 
ﺎًﺒﱢﻴ َﻃ
 
ًﻻ َﻼَﺣ
 
ْﻢُﺘ ْﻤِﻨَﻏ
 
ﺎﱠﻤ ِﻣ
 
اﻮُﻠُﻜَﻓ
ٌرﻮُﻔَﻏ
 
َﱠﷲ
 
ﱠنِإ
 
ۚ
 
َﱠﷲ
 
اﻮُﻘﱠﺗاَو
ٌﻢﻴ ِﺣﱠر
Mag’firat qanday so’raladi?
Tavba va istig’for ila gunohlarimiz kechirilishini so’raymiz. Bu nima degani?
Ularning ma’nosi va farqini bilasizmi? Bolajonlar, tavba arab tilidan “qaytish”
deb tarjima qilinadi. Masalan, bir xato qilsangiz va afsus chekib shu ishingizdan
qaytib kechirim so’rashingiz tavbadir. Ya’ni qaysi gunohingiz uchun nadomat
chekayotganingiz ma’lum. Ammo, istig’for bilib, bilmay qilgan gunohlar uchun
kechirim so’rash deganidir. Shuning uhun ham namozdan so’ng 3 marta
“Astag’firulloh” ni aytamiz. Buning ma’nosi, namoz vaqtida bilib, bilmay qilib
qo’ygan xatolarimiz uchun mag’firat so’rashdir.


Alloh taolo shu qadar karamli Zotki, bandalarining qilgan zarracha yaxshi amallari uchun
katta mukofotlar beradi. Hattoki, qalblarida paydo bo’lgan go’zal niyat uchun ham savob
oladilar. Allohning huzurida bir yaxshilikning savobi 10 dan 700 barobargacha ko’paytirib
beriladi. Mana shu Allohning ash-Shakuurligidir. Biz bandalar Alloh bergan ne’matlarga
ko’milib yashayapmiz. Minnatdorligimiz sifatida qilgan ibodatlarimiz, xayrli amallarimiz
Alloh azza va jallaning ulug’vorligicha to’kis bo’lolmaydi. Biz mukammal ibodat qilolmaymiz,
yaxshiliklarimizda ham qandaydir, kamchilik, nuqson bo’lishi mumkin. Lekin Alloh
sahovatining kengligi sabab, bu ishlarimizni mukammal amal sifatida qabul qiladi va
savobni ham ortig’i bilan beradi. 
Hech bir yaxshilikni kichik sanamang!
Aziz bolajonlar, Alloh ash-Shakuur ismi ila bizni ko’proq yaxshilik qilib 
savoblarni ko’proq olishga undaydi. Ehtimol, biz uchun bu juda kichik yaxshilikdir.
Lekin Robbimizning huzurida uning qiymati qancha bo’lishini bilmaymiz. Biz aynan
qaysi yaxshi amalimiz sabab, jannatga kirishni bilmaymiz, shuning uchun ham
yaxshilikni katta-kichigiga qaramay ko’proq qilaverishimiz kerak! Balki bu
namozimiz, zikrimiz, sadaqamiz, salomimiz, yo tabassumimiz, balki, yo’ldagi toshni
chetga surib qo’yishimiz bo’lar, balki ota-onamizni sevintirishimiz, yoki
jigarlarimizga rahmli bo’lishimiz, jonvorlarga g’amxo’rlik qilishimiz bo’lar, biz
bilmaymiz, aynan qaysi amalimiz bizni jannatga yetaklashini bilmaymiz!!! 
Muhimi xayrli ishlarda bardavom bo’lish!

Yüklə 17,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin