Alloh taolo Zotining oliyligi bilan A’liydir. U Zot Arshga ko’tarilgan va barcha
koinotlardan oliy bo’lgan Zotdir. Alloh taoloning sifatlari oliy va buyukdir. Uning
sifatlariga hech kimni yaqinlashtirib ham, o’xshatib ham bo’lmaydi. Uning sifatlari ichida
bittasini ham tushunib anglab yetishga biz bandalarning aqlimiz yetmaydi.
U bo’ysundirishi oliy bo’lgan Zotdir. U nech-necha koinotlar taslim bo’lgan, itoat qilgan,
barcha mahluqotlarning tizgini huzurida bo’lgan Zotdir. Ulardan har birining
harakatlanishi, tinch turishi, sukut saqlashi ham Allohning izni ila bo’ladi.
Al-A'liy
Luqmon surasi
31:30
DALIL!
Dostları ilə paylaş: