Issiqlik bilan ta’minlovchi elektr stansiyasida Reja: Quyosh elektr stansiyasining ishlash prinsipi


Rasm. Quyosh batareyalarining uy tomiga joylashtirilishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/5
tarix01.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#121741
1   2   3   4   5
Issiqlik bilan ta’minlovchi elektr stansiyasida

4. Rasm. Quyosh batareyalarining uy tomiga joylashtirilishi.

O ‘zbekiston respublikasi xududida quyosh nuri intensivligi kartasi.

Tahlillarning ko’rsatishicha, hozir noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishda AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, YAponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Braziliya kabi davlatlar etakchilik qilmoqda. Keyingi yillarda esa mazkur jabha Osiyo mintaqasida ham jadal taraqqiy etib, undan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda foydalanish ko’lami tobora kengayib borayotgani e’tiborga loyiqdir. Bu borada, xususan, O’zbekistonda salmoqli tajriba to’plangan bo’lib, ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borilayotgani holda, shu asosda tayyorlangan ishlanmalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.


Qaytalanuvchan energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va ekologik tozaligi. Ulardan foydalanish planetaning energetik muvozanatini o’zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda ham va ularning yaqin o’n yillik ichida rivojlanishining optimistik prognozlarining keng rivojlanishiga hizmat qiladi. Tiklanuvchan energiya manbalri insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni echishda sezilarli rol o’ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdosotiqda.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan, Markaziy Osiyoda o’xshashi yo’q ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasi ―Fizika-Quyosh‖ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati buning yaqqol tasdig’idir. Negaki, ushbu jamoa tadqiqotlarining samaralari jahon miqyosida allaqachon e’tirof etilgan. Bu erda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past quvvatli qurilmalarni yaratish, elektr energiyasi olish uchun fotoelektrik va termodinamik o’zgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalari, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha ilmiy tadqiqot va tajribakonstruktorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Uning natijalari esa mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo’llanilmoqda. SHundan kelib chiqib, O’zbekiston quyosh energiyasi sohasidagi ilg’or texnologiyalarni Markaziy Osiyoda tajriba tariqasida joriy etishda amaliy makon sifatida xizmat qiladi, desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Evropa fotoelektrik sanoati assotsiatsiyasi (EPIA) ma’lumotiga qaraganda, butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sur’ati muttasil o’sib bormoqda. Aytaylik, 2012 yilda jahon bo’yicha umumiy quvvati 100 GVtga teng bo’lgan fotoelektrik panellar o’rnatilgan bo’lsa, joriy yilning o’tgan o’n oyi ichida 30 GVtli shunday qurilmalardan ham foydalanish yo’lga qo’yildi. Pirovardida birgina Germaniyada fotoelektrik stansiyadan olingan elektr energiyasining narxini 0.07 AQSH dollarigacha kamaytirishga erishildi.
Mamlakatimizda esa, ta’bir joiz bo’lsa, Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi ― Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Farmoni noan’anaviy energiya resurslari, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. CHunki ushbu hujjatga ko’ra, to’plangan tajribani hisobga olgan holda, quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, bunda muqobil manbalardan energiya hosil qilish bo’yicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, o’zimizda tegishli uskunalarni, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish, ularga servis xizmati ko’rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. SHuningdek, fotoelektrik panellar tayyorlash bo’yicha loyihalar imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirilishi, quyosh hamda biogaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berilishi belgilab qo’yilgan.
Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutining tashkil qilingani esa sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Nega deganda, quyosh energiyasidan sanoat ko’lamida foydalanish uchun yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potensialini ilg’or va samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo’llash bo’yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog’liq amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish ushbu ilmiy dargohning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, mazkur institut fan va sanoat tarmoqlari o’rtasida ko’prik vazifasini ham o’taydi. Boshqacha aytganda, Xalqaro quyosh energiyasi instituti olimlarimiz tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni, shuningdek, chet elning ilg’or ishlanmalarini texnologiyalar transferi orqali arzonlashtirgan holda bozorbop sanoat namunasi darajasiga olib chiqib, uning to’liq konstruksiyaviy texnologik hujjatlarini tayyorlashda faollik ko’rsatadi. SHu ma’noda, u ―O’zbekenergo davlataksiyadorlik kompaniyasi, ―O’zkommunxizmat‖ agentligi, ―O’zeltexsanoat uyushmasi, ―O’zbekneftgaz‖ milliy xolding kompaniyasi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi, ―Davarxitektqurilish qo’mitasi va iqtisodiyotimizning boshqa sohalari uchun texnologik maydon bo’lib xizmat qiladiki, bu nafaqat O’zbekiston, balki butun Osiyo qit’asining boshqa mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yangi qo’shma loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo’lishi, shubhasiz.
Mutaxassislarga ayonki, quyosh elektr stansiyalari va suv isitish geliokollektorlarini barpo etishda kremniy, germaniy, galliy arsenidi, kadmiy-tellur, galliy fosfidi kabi yarimo’tkazgich materiallaridan foydalaniladi. Bugungi kunda esa kremniy asosida yaratilgan qurilmalar keng qo’llanilayotgan bo’lib, ulardan 25-30 yil, hatto 35-40 yil davomida foydalanish mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin