Issiqlik bilan ta’minlovchi elektr stansiyasida Reja: Quyosh elektr stansiyasining ishlash prinsipi


O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish yo’lida erishilayotgan yutuqlar va loyihalar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/5
tarix01.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#121741
1   2   3   4   5
Issiqlik bilan ta’minlovchi elektr stansiyasida

3.O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish yo’lida erishilayotgan yutuqlar va loyihalar.
O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish tarixi XX asrning 70 – yillaridan boshlandi. O’sha paytda ―Geliotexnika‖ jurnali chiqa boshlagan va 2000 darajadan ortiq xaroratga bardosh beruvchi materiallarni sinash uchun zarur quyosh pechini qurish to’g’risida qaror qabul qilingan edi. 1929 – yilda tamaki ekstraktini Quyosh nuri yordamida bug’lantirish amalga oshirilgan (A. I. Lastak), 1930 – yil Quyosh nurida isitiladigan tajribaviy issiqxonalar qurildi (L. N. Satikov), 1934 – yil
T oshkentda geliotexnika laboratoriyasi, 1943 – yilda esa O’zbekiston FA Fizika – texnika instituti tarkibida geliotexnika laboratoriyasi tashkil etildi. Unda Quyosh suv qurilmalari, meva quritkichlar, Quyosh pilla ivitgichlari va quritgichlari, oltingugurtning Quyosh suyultirish qurilmasi ishlab 20 chiqildi va amaliyotga tatbiq qilindi. Toshkentda 1946 – yilda ko’zgusining diametri 10 metrli paraboloid qurilma qurildi. Bu qurilma xonalarni isitish va havosini mo’tadillashtirish, bug’ hamda muz olish bilan bog’liq tadqiqotlar o’tkazishga imkon berdi (G’. Y. Umarov). Buxoro shahrida gelio suv isitkichlar va gelio – oshxonalarni ko’plab ishlab chiqaradigan birinchi gelioapparatlar zavodi qurildi (1978). 1963 – yilda Geofizika bo’limi tashkil etilib, unda Quyosh nuri energiyasini xo’jalik ekinlari urug’lariga ekishdan oldin zaharli kimyoviy moddalarni qo’llamagan holda impulsli nur bilan ishlov beruvchi qurilmalar yaratildi. Katta Quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini e’tiborga olib akademik Azimov S.A. rahbarligida issiqlik quvvati 1000 kVt bo’lgan ―Katta Quyosh sandonini‖ (KQS) o’z ichiga olgan ilmiy ishlab chiqarish majmuasi yaratildi. Majmuaning katta Quyosh sandoni Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda, Parkent tumanida 1987 – yilda ishga tushirildi. Shunday qurilma shu vaqtga qadar faqat Odeyo (Fransiya) shahrida bor edi. Qurilmaning konsentratori yuqori va pastdan kesilgan hamda fokus masofasi 18 m bo’lgan paraboloid bo’lib, 54x42 m o’lchamga ega. Geliostat maydoni (ko’zgular joylashgan maydon) 62 ta bir xil o’lchamdagi, qiya tekislikda ma’lum tartibda joylashgan geliostatlardan tashkil topgan. Maydonning vazifasi kun bo’yi konsentratorni uning optik o’qi yo’nalishidagi quyosh nurlari bilan ta’minlab turishdan iborat. 1993 – yilda ―Fizika – Quyosh‖ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tarkibida materialshunoslik instituti tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda yirik olimlar Risqiyev T.T., Odilov G’.T. va boshqalar boshchiligida qiyin eruvchi materiallar fizikasi sohasida keng ko’lamda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. O’zbekistonda yiliga 320 kun quyosh charaqlab turadi. Davlatimizning 1 – prezidentining 2013 yil 1 martdagi ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to’g’risida‖gi farmonida mamlakatimizda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish strategiyasi belgilab berilgan. [1] Xalqaro energetika amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer issiqligi, biomassa energiyalari alohida e’tirof etiladi. Ular 21 orasida eng istiqbolli yo’nalishlardan biri, shubhasiz, quyosh energiyasidan foydalanishdir. 2013 – yil 1 – martdagi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining qator ilmiy muassasalari bazasida Xalqaro quyosh energiyasi instituti tashkil etildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish asosida quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, ilg’or va iqtisodiy jihatdan samarali quyosh texnologiyalari va geliouskunalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada quyosh energetikasi salohiyatini amaliy qo’llashga doir takliflar ishlab chiqish ushbu institutning asosiy vazifalaridir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin