Gelioenergetika – energiyani Quyoshdan olish. Quyosh energetikasining bir nechta texnologiyasi mavjud. Katta sondagi ketma-ket va parallel ulangan elementlardan yig’ilgan, Quyoshning nurlanish energiyasini to’g’ridan- to’g’ri o’zgartiradigan fotoelektrogeneratorlar quyosh batareyalari degan nom oldi.
Quyosh nurlaridan energiya olish atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarmaydi, standart silikon quyosh batareyalarni ishlab chiqarish ham kam zarar keltiradi. Lekin katta masshtabda ko’p qatlamli elementlarni galliy arsenidi yoki kadmiy sulfidi kabi g’ayriodatiy materiallardan foydalanish zararli chiqindilarni chiqarish bilan bog’liq.
Q uyosh batareyalari katta joyni egallaydi. Lekin boshqa manbalar bilan taqqoslaganda, masalan, ko’mir bilan, ular to’la o’rinlidir. Bundan tashqari Quyosh batareyalari uylarning tomlarida, shosse yo’llari chetlarida joylashtirilishi mumkin hamda quyoshga boy bo’lgan cho’llarda ishlatilishi mumkin.
Quyosh batareyalarining xususiyatlari ularni uzoq masofalarda joylashtirish imkonini beradi, modul konstruktsiyalarni esa engil tarzda olib borish va boshqa erda joylashtirish mumkin. SHuning uchun qishloq joylarida va uzoq joylarda qo’llaniladigan Quyosh batareyalari ancha arzon elektr energiya beradi.
Uzoq erlarda joylashgan aholi Quyosh batareyasi energiyasini yoritish, radio eshittirish va boshqa ro’zg’or ehtiyojlariga ishlatadi, Quyosh energiyasidan amaliy tarzda quduqdan suvni ko’tarishda va sog’liqni saqlash ehtiyojlariga ham ishlatiladi.
Quyosh energiyasidan keng foydalanishni to’xtatib turadigan bosh sabab, bu uning yuqori narxidir. Bu kelajakda arzon va samarali texnologiyalarni rivojlanishi natijasida pasayadi. Quyosh elektr energiyasining hozirgi narxi 1Vt quvvatga 4,5 dollarga teng, 1,0 kVt∙s elektr energiyaning bahosi yoqilg’ini an`anaviy yo’l bilan yoqilganda olingan energiyadan olti marta qimmat. Qachon Quyosh energiyasini ishlab chiqarish bahosi yoqilg’ini yondirib olinadigan energiya bahosi bilan tenglashsa, u keng tarqalishi mumkin, lekin 90- yillardan gelioenergetika rivojlanish tezligi yiliga 6% ni tashkil etadi, bu vaqtda neftning dunyo iste`moli yiliga 1,5% ni tashkil etadi.
Quyosh energiyasini issiqlik olishda, xususan, turar joylarni issitishda ishlatish mumkin.