Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə40/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

Qattiq yoqilg‘ilarni maydalash va kuritish

Yoqilg‘ilami maydalash va quritish jarayonlari turli xildagi quritish va maydalash uskunalarida amalga oshiriladi. Bunday uskunalaming ishlash quw ati IES larda yoqiladigan ko'mirning turiga hamda IES ning quwatiga qarab belgilanadi.
IES larga keltirilgan ko'mirning namlik darajasi W> 15-20 % dan yuqori bo'lsa, bu turdagi ko'mimi maydalash qurilmasiga borishdan oldin maxsus quritish uskunalarida quritiladi.
Quyidagi rasmda namlik darajasi yuqori bo'lgan ko'mir yoqilg'isini maydalash qurilmasiga berilish oldidan quritish sxemasi keltirilgan.

24-rasm. Ko'mimi quritish qurilmasi sxemasi


1 - ko'mirning quritish qurilmasiga berilishi, 2 - quritish qurilmasi, 3 - qurituvchi agentning, 4 - qizigan havoning berilishi,


5 — qurigan kumirni maydalash qurilmasiga berilishi, 6 — maydalash qurilmasi.
Bu jarayonda qurituvchi agent harorati 300 dan yuqori. Bu
jarayonda beriladigan qizigan havoning sarfini kamaytirish maqsadida harorati 300 ' atrofi da bo'lgan tutun gazidan ham foydalanish mumkin. Ammo tutun gazini ko'p miqdorda berish
107
natijasida tarkibidagi SC^va NO2 kabi gazlar ko‘mir moddasiga yutilishi hisobiga ko‘miming yonishi jarayonlarida yonish mahsulotlar tarkibida S 0 2va N 0 2 gazlarining miqdori yanada ko'payadi.
Har qanday quritish qurilmalarida yoqilg‘ilami maydalash qurilmalariga berilishi oldiidan yetarli darajada quritilmasa maydalash qurilmasining ishlash samaradorligi pasayadi, ya'ni nam holatdagi yoqilg‘i mahsulotlari maydalovchi uskunalarga yopishib ularning harakatlanishini keskin pasaytiradi.
Hozirgi vaqtda yoqilg‘ilami quritish va maydalash jarayonlari maydalash qurilmalarida birgalikda amalga oshirilishi natijasida bu sohada iqtisodiy tejamkorlikka erishilmoqda. Ko‘mir yoqiladigan IES larda bu sohada asosan sharikli baiabanli (SHBT) hamda bolg‘ali (ВТ) tegirmonlar ko‘proq ishlatilmoqda. Masalan, blok quvvati 300 MVtli Yangi Angren lESida bu sohada SHBT tegirmonlar 2016-yil noyabr oyida ishga tushirilgan. 150 MVtli Ajigren IES ida ВТ ishlatilmoqda. Quyidagi chizmada SHBT laming sxemasi keltirilgan.

25-rasm. SHBT ning ishlash sxemasi


1 - quritish uskunasiga maydalanadigan ko‘miming berilishi. 2-qurituvchi havoning berilishi, 3 - qurituvchi agent berish,

  1. — sharikli barbanli tegirmon, 5 — SHBTni harakatlantiruvchi elektrodvigatel, 6 —maydalangan ko‘mir zarrachalarini separator- ga yuborish, 7 - podshivnik.

SHBT lar silindr ko‘rinishda bo‘lib, ko‘mirai maydalash quvvati soatiga 25 dan 70 tonnagacha bo‘ladi. SHBT ning ichki


108
hajmining uchdan bir qismi, diametri 5 -6 sm bo'lgan marganetsdan tayyorlashga sharlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib baraban elektrodvigatel bilan aylanma harakatlantirilishi jarayonida bu sharlar barabanga berilgan ko‘mimi yanchib kukun holatgacha maydalaydi. Maydalangan ko'mir zarrachalari ko‘mirni quritish uchun berilgan havo oqimi yordamida separatorga yuboriladi. Yetarli darajada maydalanmagan ko‘mir zarrachalari qayta tegirmonga beriladi.


SHBT afzallik tomonlari kattalik darajasi har qanday bo‘lgan ko‘mirni yuqori darajada maydalash xususiyatiga ega bolg‘ali tegirmonlarga nisbatan maydalash quvvati yuqori. ishlatiladigan sharlar nisbatan arzon, uzoq muddat ishonchli va tamirsiz ishlaydi. Magnitli separalorsiz ham ishlash imkoniyatiga ega. Shu bilan birgalikda SHBT lar quyidagi kamchiliklarga ham ega, tegirmon barabani katta majmua bo‘lishi sababli uni jixozlash jarayonida ko‘p miqdorda metal sarflanadi. Ya'ni, og‘irligikatta boTganligi sababli barabanni yuklangan sharlar bilan birgalikda harakatga keltirish uchun ko‘p elektr energiyasi sarflanadi, hamda shovqin bilan ishlaydi. Barabanning ichki diametri 4000 mm,uzunligi 8000 mm, najmi 100,5 m3 gacha kattalikda bo'ladi. Bunday turdagi tegirmonlami harakatlantirish uchun quvvat 2450 kVt bo‘lgan elektrodvigatellar qo‘llaniladi. Barabanning aylanish soni minutiga 15-20 marta. Quyidagi jadvalda ikki xil turdagi tegirmonlaming asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.



Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin