R21 + (v22 /2) · ρ- diafragmadan keyingi oqim bosimi
R11 va R21 - oqim potensial energiyasining miqdorini ifodalovchi statik bosim
ρ v12/2 va ρ v22 /2 - oqimning kinetik energiyasini ifodalovchi oqim tezliklarining bosimi
R11 va v1 - oqimning I - I kesim markazidagi o’rtacha statik bosimi
va o’rtacha tezligi
R21 va v2 - oqimning II - II kesim markazidagi o’rtacha statik bosimi
va o’rtacha tezligi
Trubadagi oqim miqdori uzluksiz bo’lgani sababli
v1S1 = v2S2 (2)
Oqimning diafragmadan keyingi ko’ndalang kesimi S2 diafragma teshigi S0 dan kichik. Shunga ko’ra oqimning siqilish koeffisienti
μ = S2 / S0
bo’ladi. Endi ( 2 ) tenglama quyicha yoziladi :
(3)
bunda m = siqilish koeffisienti ( siquvchi qurilmaning moduli ) ; d –diafragma teshigining diametri
Topilgan oqim tezligi ifodasi (3) ni ( 1) tenglamaga qo’yib, oqimning S2 kesimidagi tezligi v2 ning nazariy ifodasi topiladi :
(4)
Amalda P1 va P2 bosim diafragma markazida emas, balki truba devorlari yaqinida o’lchanadi (1-rasm,a). Bu esa o’lchov xatoligining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.Bundan tashqari, yuqorida qabul qilingan shart-sharoitlar ham xatolik manbai bo’lishi mumkin.Yo’l qo’yilgan xatoliklarni birmuncha hisobga olish maqsadida formulaga koeffisient φ kiritiladi.
Natijada II – II kesimidagi tezlikning haqiqiy qiymati quyidagicha ifodalanadi :
(5)
Sarfni hisoblash formulasi V2 ni oqimning II – II kesimidagi S2 yuziga ko’paytirish yo’li bilan topiladi :
(6)
bu erda
sarf koeffisienti
- oqimdagi bosim tushishi
va - diafragma yaqinida truba devorlari oldida o’lchanadigan bosim miqdorlari(1-rasm,a)
Sarfni hajm birligida hisoblash formulasi :
(7)
Sarfning massa birligida hisoblash formulasini topish uchun hajmiy sarf qv ni o’lchanadigan modda oqimining zichligi ρ ga ko’paytiriladi, ya’ni
(8)
Hajm yoki massa bo’yicha sarfni hisoblash formulalari (7) va (8) ni chiqarishda bosim tushishi juda kichik miqdor deb qabul qilingan edi. Bu formulalarni faqat suv kabi siqilmaydigan suyuqliklar uchun qo’llash mumkin, bug’ va gazsimon moddalar sarfini hisoblash uchun qo’llab bo’lmaydi, chunki trubadagi siquvchi to’siqdan o’tishi bilan gazsimon moddalarning statik bosimi kamayadi. Shu tufayli gazsimon moddalar sarfini hisoblash uchun (7) va (8) formulalarga tuzatma – kengayish koeffisienti ε kiritiladi.
(9)
. (10)
Bu formulalar gorizontal o’rnatilgan trubalarda siqiluvchi va siqilmaydigan suvsimon suyuqliklar oqimidagi sarfini hisoblash uchun umumiy bo’lib, siqilmaydigan suyuqliklarning oqimidagi kengayish koeffisienti ε < 1 deb qabul qilinadi, gazsimon siqiladigan moddalar sarfini hisoblaganda esa ε = 1 bo’ladi. Kengayish koeffisientining qiymati mahsus nomagrammalar orqali topiladi.
Dostları ilə paylaş: |