3- rasm
Konussimon trubkali rotametr sxemasi.
Rotametrlardan masofaga signal uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik sistemalardan foydalaniladi.
Elektr sistema yordamida masofaga signal uzatish uchun mo’ljallangan rotametrning prinsipial sxemasi 4– rasmda ko’rsatilgan.
4-rasm.
Masofaga elektr signali uzatadigan rotametrning prinsipial sxemasi.
1- rotametr korpusi ; 2- diafragma ; 3- qalqovich ; 4- po’lat o’zak ; 5- transformator cho’lg’amlari ; 6- shtok.
Differensial transformatorning temir o’zagi 4 rotametr qalqovichidagi shtok 6 bilan qalqovich shtok orqali temir o’zak 4 ni suradi. Natijada transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidagi elektr yurituvchi kuch
eT kamayadi.Transformator bilan o’tkazgich orqali ulangan vol’tmetrning shkalasi sarfni o’lchash uchun darajalangan bo’ladi.
V. Induksion sarf o’lchagichlar. Induksion sarf o’lchagichlarning ishlash prinsipi elektr o’tkazuvchan modda oqimidagi elektrodlar orasida elektr magnit induksiya tufayli hosil bo’ladigan elektr yurituvchi kuchni o’lchashga asoslanadi.Bunday induksion sarf o’lchagichlarning prinsipial sxemasi 5- rasmda ko’rsatilgan.
Sarf o’lchagich magnit qutblari (N-S) va ular orasiga ebonitsimon elektr o’tkazmaydigan materialdan yasalgan 1, trubaning diametri bo’yicha o’rnatilgan elektrodlar 2 va 3 dan tuzilgan. Truba orqali elektr o’tkazuvchi modda v tezlik bilan o’tganda suyuqlikdagi ionlar o’z zaryadlarini elektrodlarga beradi.Elektrodlar orasida elektr yurituvchi kuch (EYUK) hosil bo’ladi :
E = - Bdv (11)
bunda
V – qutblar orasidagi magnit induksiya
d – sarf o’lchagich trubasining ichki diametri ( elektrodlar oralig’i)
v – trubadan o’tayotgan modda oqimining tezligi
5– rasm.
Induksion sarf o’lchagich . 1- magnit maydonga kiritilgan elektr o’tkazuvchi modda oqimi o’tadigan truba ; 2 va 3 – oqimga tegib turadigan elektrodlar ; 4- sarf o’lchaydigan asbob .
Qutblar orasidagi magnit induksiya V va elektrodlar oralig’i o’zgarmas miqdorligini hisobga olganda
E = kv (12)
Bundan ma’lumki, sarf trubadagi modda oqimining tezligi bilan o’lchanadi. Shu sababli elektrodlarga ulangan o’lchov asbob 4 sarf miqdorini o’lchaydi, uning shkalasi birligida darajalangan bo’ladi.Agar tezlikni hajmiy sarf bilan almashtirsak,
yoki (13)
Bu formula bilan sarfni hisoblash mumkin.Formuladagi manfiy ishora EYUK ning induksion xarakterdaligini belgilaydi.Sarf hisoblanganda bu ishora hisobga olinmaydi.
Induksion sarf o’lchagichlar boshqa turdagi sarf o’lchagichlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega :
A) induksion sarf o’lchagichlarning inersionligi juda kam bo’lganligi uchun ulardan tez o’zgaruvchan sarflarni o’lchash va avtomatik rostlash sistemalarida foydalanish mumkin.
B) oqimda begona aralashma, suyuqlik pufakchalari va boshqalarning bshlishi o’lchov aniqligiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi
V) sarf o’lchagichning ko’rsatishi suyuqlik hususiyatlariga (qovushqoqlik, zichlik va bq) va oqim xarakteriga (laminarlik yoki turbulentlik) bog’liq bo’lmaydi.
Induksion sarf o’lchagichlarning shkalasi bir tekis, o’lchash aniqligi ±0,5 – 1 % gacha bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |