Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari


III. Difmanomentli sarf o’lchagich



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə5/13
tarix18.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#100225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar

III. Difmanomentli sarf o’lchagich. Trubadagi suyuq modda oqimining sarfini bosim tushishi bo’yicha o’lchaydigan asboblar komplekti oqimni toraytiradigan qurilma (diafragma, soplo va Venturi soplosi) va sarfi bo’yicha darajalangan differensial manometrdan iborat bo’ladi.
Sarfni o’lchash uchun qo’llaniladigan difmanometrning prinsipial sxemasi 2- rasmda.
Sarfi o’lchanadigan suyuqlik truba 1 dan o’tganda diafragma 2 oqimni toraytiradi, natijada bosim P2 bosim P1 ga qaraganda kamayadi va bosim tushishi Δ P = P1 - P2 hosil bo’ladi.
Bosim Δ R ta’sirida prizma 4 da o’rnatilgan simobli U simon manometr 3 bir tomonga ( chapga og’adi ) .Bu og’ish burchagiga muvofiq induksion sezgich 5 dan chiquvchi kuchlanish o’zgaradi.Kuchlanish og’ishi elektron kuchaytirgich 7 da kuchaytirilib ijro etuvchi element servomotorni boshqaruvchi o’rami 8 ga ta’sir qiladi va motor kulachok 9 ni burib, richag 10 ni yuqoriga ko’taradi. U bilan bog’langan prujina 6 taranglanib U simon naychani tik holatga qaytaradi.

IV. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar yuqoriga tik ko’tariladigan oqimdagi porshen’ yoki qalqovichning shu oqimdagi bosim kuchi o’zgarishiga muvofiq siljishi bo’yicha o’lchaydi.Oqim kuchi ta’sirida qalqovich yuqoriga ko’tarilsa, sarf ortadi, pastga siljisa, sarf kamayadi.Bu prinsipda ishlaydigan sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan turi rotametrlardir (3-rasm). Rotametrlar ikki qismdan - konussimon truba 1 va uning ichidagi oqimda muallaq harakat qiladigan qalqovich 2 dan iborat. Konussimon truba tik holatda o’rnatiladi va undan o’tadigan suyuqlik yoki gazsimon modda oqimi ham truba bo’yicha pastdan yuqoriga tik harakat qiladi.
Qalqovich oqim kuchi ta’sirida yuqoriga siljiganda konussimon trubaning ichki devori bilan qalqovichning tashqi devori orasida hosil bo’ladigan halqa kengligi L va uning oqim o’tadigan yuzi S ortadi. Shunga muvofiq oqim sarfi ham ortadi, ya’ni muvozanat holatga o’tadi. Oqim kuchi kamayganda qalqovich o’z og’irligi va uning ustki yuzidagi modda bosimi ta’sirida pastga siljiydi va yana yangi muvozanat holatga o’tadi, sarf ham kamayadi. Qalqovichning bunday harakati tufayli rotametrdagi bosim tushishi Δ P juda kam va o’zgarmas bo’lib qoladi.
Qalqovichning solishtirma massasi sarfi o’lchanadigan gaz yoki suyuqlik moddalarning zichligidan ko’p. Shu tufayli modda sarfi oqimni yuqori ko’taradigan bosim kuchiga qarshi bo’lgan qalqovich og’irligi va uning ustki yuziga ta’sir qiladigan modda bosim kuchlarini muvozanatda bo’lgan holatida o’lchanadi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin