Исследование в XXI века август, 2022 г 194 biotexnalogiya muammolari va yutuqlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix04.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#135633
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Muhammadiyeva Nozima Adham qizi


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
века
»
август
, 2022 
г
196 
davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi. Odam genomi to’la 
o’rganilishi natijasida irsiy kasalliklarni genlar terapiyasi yordamida davolash qonuniyat-lari 
yanada ortdi. 
Biotexnologiyadagi katta yutuqlar hujayra injeneriyasi yo’nalishida qo’lga 
kiritilmoqda. Hujayra injeneriyasi bemor a’zosidan bitta sog’lom hujayrani ajratib olib, uni 
sun’iy ozuqa muhitlarida o’stirish orqali ma’lum to’qimaga xos hujayralar to’plamini olish 
va bu hujayralar to’plamini butun bir yaxlit a’zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik 
shu yangi organ bemor tanasiga ko’chirib o’tkaziladi va bemor sog’aytiriladi. Bu “yangi” 
organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. Ushbu texnologiya teri, pay va tog’ay 
to’qimalari uchun juda qo’l kelsa-da, yurak, jigar, buyrak, nerv to’qimalari uchun biroz 
mushkulroq. 1998 yil Amerika olimi J. Tomson “asos” hujayralarda (ingl. Stem cells) “yangi” 
organlar yaratish texnologiyasini kashf etib biotexnologiyaning bu yo’nali-shining 
rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. “Asos” hujayralar shunday hujayralarki, ular 
embrional hujayralarga o’xhsagan, hali u qadar takomillashmagan hujayralar to’plamidan 
iborat bo’lib, sun’iy muhitda o’sish va har qanday to’qimagacha rivojlanish qobiliyatiga ega. 
Hattoki “asos” hujayralarni A vitaminli muhitda o’stirishdan nerv to’qimalarini olish ham 
mumkin. Hozirda hayvonlarning har xil organlarga xos to’qimalar olish texnologiyasi to’la 
ishlab chiqilgan va tibbiyot maqsadlarida asta sekin qo’llanilmoqda. Endigi vazifa olingan 
to’qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo’yicha tabiiy organlarga o’xshash bo’lgan 
“yangi” tana a’zolarini yaratishdir. Bunday ishlar dunyo laboratoriyalarida qizg’in 
sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Aminmizki, ushbu bobning bo’lajak o’quvchilari 
biotexnologiyaning barcha yo’nalishlari qatorida bu nodir yo’nalishini ham rivojlantirishda 
ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida tutgan o’rnini yuksak rivojlangan 
mamlakatlar erishgan darajasiga ko’tara oladilar.
DNK (istalgan organizmdan ajratilgan 
DNKning ikki yoki undan ortiq qismlarini in vitro sharoitida birikishidan vujudga kelgan 
hosila) olishi sabab boʻldi. Shundan keyin biolologiya fani yutukdaridan kelib chiquvchi, 
yaʼni tirik organizmlar hayot faoliyatida ishtirok etadigan barcha kimyoviy, fizikaviy va 
biologik jarayonlarni oʻrganish natijalari tatbiq etilgan texnologik jarayonlarni ifodalashda 
"B." terminidan foydalanila boshlandi. Biotexnalogiya mikrobiologiya, biokimyo, 
bioorganik kimyo, molekulyar biologiya, fiziologiya, genetika, molekulyar genetika, genetik 
injeneriya va boshqa yutugʻiga asoslanadi. Biotexnalogiyaning mikrobiologik membranalar 
Biotexnalogiyasisi, immobillashgan fermentlar Biotexnalogiyasi, xujayra Biotexnalogiyasi, 
gen va xujayra injeneriyasi Biotexnalogiyasi kabi sohalari mavjud.
Mikrobiologik biotexnalogiya mikroorganizmlar hayot faoliyatidagi jarayonlarga 
asoslangan boʻlib, bu sohada fermentli preparatlar, antibiotiklar, aminokislotalar, 
gormonlar, oqsil moddalari va xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur metabolitlar 
sintez qilinadi. Mac, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida 
mikrobiologik Biotexnalogiya asosida oʻsimlik chiqindilari (gʻoʻzapoya, changʻaloq, somon 


Международный
научный
журнал

1 (100), 
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin