часть
3
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
1424
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama
tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong
tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy
aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan,
tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka
nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari
vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi
va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator
protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan
hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik;
ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi;
refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va
tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi bilimlar
yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga tegishli
bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat
tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».
Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi.
Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy
xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning
hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat
odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi
faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot
yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat
jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki
bu faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini
aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval
jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish
faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning
individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li
orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga
ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari,
tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va
sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi
idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda