часть
3
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
1425
anglanadilar. SHuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi
orqali o’zini anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan
va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv
qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi
paydo bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat.
ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish
sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-
sekin birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga
kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til
ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana
boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim
esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish
ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan
bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-
olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida
madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy
va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |