часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
242
Seysmik ta’sirga chalingan quvuro‘tkazgichlarning kvazistatik, o‘qlarga simmetrik
egilishining bir jinsli muhitda joylashgan silindrik qobiq modelidan foydalanib amalga
oshirilgan tahlili ishda keltirilgan.[13]
Donell va Flyuga tenglamalarini yechib, ma’lum quvur o‘lchamlari va grunt bikirliklari
uchun nisbatan uzun quvuro‘tkazgichda eng kichik yuklanishlarda halqa yo‘nalishida
ko‘plab sinusoidal yarimto‘lqinlar vujudga kelmasligi aniqlandi.[25] Grunt bikirligini oshishi
kritik yuklanish nostabil tebranishlar to‘lqinlarining uzunligini kamayishiga va o‘qiy kritik
yuklanishni o‘sishiga olib keladi.*14+ Yer osti quvurlar dinamikasiga ularning o‘lchamlari va
atrofdagi gruntning xususiyatlari ancha katta ta’sir ko‘rsatadi.*24+
Yo‘l va boshqa yer inshootlari elementlarining zilzilabardoshligi eksperimental va
nazariy jihatdan o‘rganib chiqilgan edi.*23+ Texnologik jihozlar, atom elektr stansiyalarining
yer osti o‘tish yo‘laklari va gidrostansiyalarning yer osti qismlari zilzilabardoshligini nazariy
tadqiqodlari amalga oshirildi.[15]
Inshootlarning grunt bilan elastik-yopishqoqplastik o‘zaro ta’sirining modeli yumshoq
asoslarda turgan yer usti inshootlari tadqiqodlarida qo‘llandi.[22] Shunda chiziqli va
nochiziqli qonunlarda o‘zaro ta’sirni hisobga olinishi o‘rganilayotgan inshoot dinamikasiga
anchagina katta ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.*21+ Grunt sharoitlari ta’sirini hisobga oluvchi
me’yoriy yuklanishlar uchun tuzatish koeffitsientlari taklif etildi.[16]
Yer osti inshootlari seysmodinamikasi bo‘yicha keng ko‘lamli eksperimental natijalar
va har tomonlama nazariy tadqiqodlar natijalari ilmiy tadqiqod ishlarini bajarish
muddatlarini yaxshigina qisqartiradigan avtomatlashtirilgan tizimini yaratishga, natijalarini
halq xo‘jaligiga joriy qilishga imkon berdi.*17+
Yer osti inshootlarning seysmodinamik nazariyasi o‘zining asosiy shart-sharoitlarini
grunt muhitlarining geologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, silindrsimon qobiqlari
tipidagi yer osti fazoviy konstruksiyalariga tadbiq qilinish yo‘li bo‘yicha rivojlantirildi.*18+
Metropolitenning to‘g‘riburchakli va yumaloq tonnel konstruksiyalarini, shuningdek aylana
silindrsimon qobiqlar tipidagi yer osti yupqa devorli fazoviy inshootlarini seysmik
yuklanishlar ta’siri ostida turli xil chegaraviy sharoitlar uchun hisoblash uslublari ishlab
chiqildi.[19]
Quvvatli texnik majmualarini, xususan, ulkan gidroinshootlar, AES, GES va b.
yaratilishi
yer
osti
inshootlarining
murakkab
tizimlarini
(yo‘lo‘tkazgichlar,
quvuro‘tkazgichlar, aylanib o‘tish tonnellari, maxsus vazifaga ega yer osti inshootlari va
h.k.) loyihalashga qo‘yiladigan yangidan-yangi talablarni keltirib chiqaradi.[20]