Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 212 turli yosh davrlarida shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 55,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü55,71 Kb.
#175583
növüИсследование
1   2   3   4
Absoatova Zuhra Eshmo`min qizi (1)


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
февраль
, 2023 
г
215 
Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta metologik 
negizga ega bo`lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni 
yoritishga katta hissa bo`lib qo`shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda 
qo`llanilmoqda. Shaxs xulq – atvoridagi o`zgarishlar va ularning o`ziga xos jihatlarini 
shakllantirishda bolaning qiziqishlariga e`tibor berish, mutaxassis va maslahatchi
psixologlar hamkorligi, hamda ota-ona oila a`zolarining o`zaro munosabatlarini ta`siri bilan 
belgilanadi. Ayrim ota-onalar turli sabablarga ko`ra boladagi xulqni o`zgarishini va buzilishi 
darajasini oshirib yuboradilar, muammolarni juda og`ir va qiyin qabul qiladilar. Ba`zi bir 
ota-onalar psixologotibbiy – pedagogik maslahatga shifokor, pedagog yoki qarindoshlari 
ta`siri natijasida kelgan bo`lsalarda, o`z farzandining muammosini tan olishni istamaydilar. 
Bu esa bolaning shaxs sifatida namoyon bo`lishida, xulqini boshqarishida ayrim 
muammolarni yuzaga keltiradi. Shunda ulardagi qaysarlik, o`jarlik yoki bo`lmasa passiv xulq 
ko`rinishlari shakllanib qoladi. Shuning uchun boladagi ijobiy xulq-atvorni shakllantirishda, 
odatlarning bola faolligini taminlovchi vosita sifatida tarkib topishi uchun tarbiyani to`g`ri 
tashkil etish muhimdir. Pedagogik innovatsiyalar asosida faoliyatni tashkil etish individual 
va ijodiy xususiyatga ega. Shu bilan birga ta`lim va tarbiya jarayonini yo`lga qo`yishda yangi 
pedagogik texnologiyadan foydalanish xulq- atvor xususiyatlardagi ijobiy sifatlarni 
shakllanishiga, umumiy va emotsional namoyon bo`luvchi odatlarni rivojlanishiga ijobiy 
ta`sir ko`rsatuvchi omil bola oladi. Demak, talim-tarbiya jarayonida xulq-atvor 
shakllanishining dinamikasini taminlovchi omillar intellektual faoliyat usullarini yangi 
sharoitga ko`chirish, ular o`z-o`zini boshqarish, shaxsiy o`quv motivlarini idora qilish, ichki 
imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish singari holatlarga refleksiv yondashish zamiridagina 
namoyon bo`ladi.
Xulosa: Turli yosh davrlarida shaxs rivojlanishida uning psixologik xususiyatlariga va 
rivojlanayotgan sharoitiga alohida e`tibor qaratish kerak. Ma`lumki, muayyan yoshdagi 
bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda 
ta`lim va tarbiya berib bo`lmaydi. Bolaning har bir yoshi o`z qiyinchiliklariga ega bo`ladi va 
o`ziga nisbatan maxsus munosabatda bo`lishni talab qiladi. Ta`lim va tarbiya jarayonida 
individual munosabatda bo`lishning sharti o`quvchining psixologik xususiyatlarini har 
tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bunda esa yosh davrlariga xos bo`lgan psixik 
dunyosidan yaxshi xabardor bo`lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to`g`ri tashkil qila 
olishni va tabiiy eksprement uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: 
1. M.G.Davletshin, S.M.To`ychiyeva. Umumiy psixologiya, -T.:2002.
2. N.V.Bordovskaya, S.I.Rozum. Psixologiya va pedagogika, 2016.
3. R.Verderber, K.Verderber. Umumiy psixologiya, 2003.
 
 

Yüklə 55,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin