часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
февраль
, 2023
г
454
Tijorat bankining balansdan tashqari operatsiyalari deganda pul mablag’larining
harakati bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo kelgusida bank uchun ma’lum bir talab va
majburiyatlarni yuzaga keltiradigan operatsiyalar tushuniladi.
Mamlakatimizda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunga asosan banklar
moliyaviy universal sifatida namoyon bo’ladilar. Ushbu Qonun va boshqa normativ
xujjatlarga asoan banklar o’z daromadlari va risklarini differensatsiyalash ishlarini olib
boradilar. Yana shu bilan birga bosh o’z kapitalini ko’paytirish yo’llarini izlamoqdalar.
Ammo banklar o’z to’lov qobilyatlari (likvidligini) hamda daromadini diversifikatsiya
qilishga majbur. Shuning uchun banklar asosiy xizmatdan boshqa xizmatlarni amalga
oshiradi.
Tijorat operatsiyalari tijorat banklari tomonidan mijozlarning ishonchi asosida olib
boriladi va qonun bilan cheklanmaydi.
Tijorat banklari va boshqa banklarning operatsiyalari o’tkazish jarayonida mukofot
oladi va o’z foydasi manbasini diversifikatsiya qiladi hamda o’zini tusatdan moliyaviy
risklardan himoya qiladi.
Ushbu operatsiyalar bankning balans hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi, ammo yuqori
foyda keltiradi.
Tijorat banklari balansdan tashqari operatsiyalari kelib chiqishining asosiy sabablari
quyidagilar:
1. Banklararo raqobat sharoitida bank daromadlarining qisqarish tendentsiyasi
kuzatilganligi.
2. Tijorat banklari kredit portfeli sifatining yomonlashuvi (qishloq xo’jaligi va
energetika sohasida);
3. Nazorat organlari tomonidan tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo’yiladigan
talablarning oshirilishi.
Balansdan tashqari operatsiyalarni amalga oshirish qanday avzalliklarga ega:
* tijorat banklarining qo’shimcha foizsiz daromadlarining keng o’sishini ta’minlaydi;
* riskli aktivlarning bir qismini balansdan tashqariga chiqarish yo’li bilan bank
moliyaviy holatining umumiy holatini yaxshilaydi;
* moliyaviy resurslarni joylashtirmay daromad olishi imkoniga ega bo’ladi.
Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarini 2 yirik guruhga bo’lishimiz
mumkin:
1.Shartnomaviy majburiyatlar bo’yicha operatsiyalar;
2.Qo’shimcha ma’lumot (informatsion xisobvaraqlar) beruvchi operatsiyalar.
Yuqorida ko’rsatkichlarni bankning boshqa operatsiyalari jumlasiga kiritadi va
ularni majburiyat (shartnoma) turiga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin
Bankning boshqa operatsiyalari “
4
”
1.
4
Abdukarimova D.R. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash .
Monagrafiya –T.: «Iqtisod-Moliya», 2016. – 168 b.