Исследование в XXI веке Июня, 2023 1005 analitik reaksiyalar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#166592
növüИсследование
  1   2   3
Jumag’ulov Behruz Boysun o’gli



Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1005 
ANALITIK REAKSIYALAR 
 
Jumag’ulov Behruz Boysun o’gli 
Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Kimyo texnologiya fakulteti Kimyo yo’nalishi 
2- kurs talabasi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada anorganik va organik moddalarning xossalarini 
tarkibini aniqlash ularning sonini ortirish asosida moddalarning miqdor va sifat analiz 
yo’lga qo’yish va ularning qarama- qarshilik reaksiyalarini tuzish hamda kimyoviy analiz 
qilish va ularni talabalarga analitik reaksiyalarni chuqurroq o’rgatish haqida fikr va 
mulohaza yuritildi. 
Kalit so’zlar:
Ionlarning reaktivlari , reagentlar , gaz , cho’kma , neytrallash, analitik 
reaksiyalarning borishida ho’l va quruq , rangining o’zgarishi , oksidlar (asosli, kislotali, 
amfoter va indeferent ) , kislotalar, tuzlar va asoslar hamda oksidlanish va qaytarilish 
jarayonlari. 
 
Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari quyidagilardan iborat bo’lib , analitik 
reaksiya «quruq» va «ho‘l» usullarda o‘tkazilishi mumkin. Agarda reaksiyalar qattiq 
moddalar bilan olib borilsa u holda bu reaksiyalar quruq usulga kiradi. Quruq usulda 
tekshiriladigan modda hamda reaktivlar qattiq holatda olinadi, reaksiya esa qizdirish yo’li 
bilan amalga oshiriladi .Masalan, metall tuzlarining alangani bo‘yashi, natriy tetraborat 
(bura) N a 
2
B


7
∙ 10 H
2
O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH
4
HPO

• 4H
2
O lar ba’zi 
metallarning tuzlari bilan qorishtirilganda rangli marvarid (shisha) hosil bo‘ladigan 
reaksiyalar quruq usulda o‘tkaziladigan reaksiyalar qatoriga kiradi. Rangli shisha hosil qilish 
va alangani bo‘yash pirokimyoviy usullarda amalga oshiriladi. Moddaning eritmalarda 
o‘tkaziladigan analizi ho‘l usul deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan 
bo‘lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agar modda suvda erimasa, 
kislotalarda eritiladi [1]. 
Kislotada eritilgan modda kimyoviy o‘zgarishga uchrab, suvda oson eriydigan birorta 
tuzga aylanadi. Masalan:
CuO +H
2
SO
4
→ CuSO
4
+ H
2

Fe(OH)
3
+ 3 HCl → FeCl
3
+ H 
2

CaCO

+ 2 HNO
3
→ Ca(NO 
3

2
+ H
2
O + CO 
2
↑ 
Ni(OH)
2
+ 2 HNO
3
→ Ni(NO
3
)
2
+ 2H
2

Sifat analizda faqat biror tashqi omil, ya’ni reaksiyaning haqiqatda 
borayotganligini ko‘rsatuvchi har xil o'zgarishlar bilan boradigan reaksiyalaridangina 
foydalaniladi. Bunday kimyoviy reaksiyalarga analitik reaksiyalar deyiladi. 
Odatda, bunday tashqi omil (effekt)lar: gaz ajralib chiqishi; eritma rangining 
o‘zgarishi; cho‘kma tushishi (yoki erib ketishi)dan iborat bo'ladi. Anorganik moddalarni 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1006 
analiz qilishda ko‘pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko‘riladi. 
Ma’lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya’ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga 
dissotsilangan bo‘ladi. Shu sababli ho‘l usul bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar, odatda, oddiy 
yoki murakkab ionlar o‘rtasida boradi. Binobarin, bu reaksiyadan foydalanib, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi. Topilgan ionlarga qarab 
tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi [ 2].
Masalan, HCl yoki xloridlarning eritm asidan xlorni topish uchun AgNO
3
ta’sir 
ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho‘kma AgCl ↓ hosil bo‘ladi. Cho‘kmaga qarab xlor 
borligi aniqlanadi: 
HCl + AgNO
3
→A gCl↓+ HN O
3
CaCl
2
+ 2AgNO
3
→ 2AgCl↓ + Ca(NO
3
)
2
BaCl
2
+ 2AgNO
3
→ 2AgCl↓+ Ba(NO
3
)
2
(1) 
va hokazo. Cho‘kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga 
ajralgan bo‘ladi, ya’ni: 
Ba
2+
+ 2Сl
-
+ 2Ag
+
+ 2 NO 
3
~
= 2AgCl ↓ + Ba
2+
+ 2NO
3
-
(2) 
Bir xil ionlar reaksiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaksiya tenglamasi 
quyidagi ko'rinishda yoziladi: 
2Сl
-
+ 2Ag
+
→ 2AgCl↓ 
Tenglamaning ikkala tomonini bir xil songa qisqartirish mumkin bo‘lgan hollarda 
reaksiya tenglamasi ikkiga qisqartirib yoziladi:
2Сl
-
+ 2Ag
+
→ 2AgCl↓ (3) 
( 1 ) — reaksiyaning molekular tenglamasi, ( 2 ) — reaksiyaning molekular ionli 
tenglam asi, (3) — reaksiyaning molekular-ionli qisqartirilgan tenglamasidir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin