часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
655
belgisining valentlik tamoyili, — deb yozgan edi mashhur rus faylasufi va tilshunosi A. F.
Losev, — hech qanday gumonsiz tilning dinamik xususiyatini aks ettiruvchi favqulodda
muhim tamoyildir” *3, 35 b.+.
Bir til birligining boshqa birliklar bilan birikishini ta’minlaydigan imkoniyatiga valentlik
deyiladi. So‘z birikmasining tuzilishi, turli so‘z va so‘z formalarining alohida modellar,
qoliplar qamrovida o‘zaro aloqaga kirishuvi qonuniyatlari, dastlabki o‘rinda, til tizimining
ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi qonuniyatlarga bo‘ysunadilar. So‘z birikmasi
tuzilmalari leksemalarning til tizimida mavjud bo‘lgan qoliplar doirasida o‘zaro aloqaga
kirishish imkoniyatlarini aks ettiradi.
Shu sababli so‘z birikmasini lisoniy qoliplarni shakllantiruvchi yoki saqlovchi hodisa
sifatida qarash ma’qul. Tadqiqotchilar, odatda, valentlikning turli ko‘rinishlarini farqlashga
chaqiradilar. Masalan, G.Xelbig, M. D. Stepanovalar mantiqiy, ma’noviy (semantik) va
sintaktik valentlikni farqlashni taklif etgan edilar. Ularning talqinicha, mantiqiy valentlik —
tushunchalar o‘rtasidagi aloqaning tildagi aksi, semantik valentlik–turli ma’no
bo‘laklarining (semalarning) bir-biriga qo‘shila olishi, sintaktik valentlik, o‘z navbatida,
qolipdagi ochiq o‘rinlarning til birliklari tomonidan majburiy yoki erkin to‘ldirilishidir *2, 73–
74 b.].
S. D. Katsnelson va uning shogirdlari mazmuniy va formal valentlik turlarini farqlash
yo‘lidan borganlar. Birinchi turdagi valentlik obyektiv olamdagi real voqeliklarni aks
ettiruvchi fikriy tuzilma-propozitsiyalarning munosabatlarni aks ettirishini inobatga olib, uni
yuqorida eslatilgan tushunchalar valentligidan unchalik farq qilmasligini aytmoqchimiz. S.
D. Katsnelsonning qaydicha, formal valentlik sintaksis qoidalarining zahiradagi namunasi
bo‘lib, argument va predikatlar munosabatlarining alohida tillarda ifodalanish shaklini aks
ettiradi [4, 87–89 b.].
Valentlikning har qanday turi — til birliklarining sintaktik, leksik, semantik
imkoniyatlari ifodasining namunasidir. Shu jihatdan, so‘z birikmasi sathidagi valentlik
haqida so‘z yuritilganda, biz turli leksik-grammatik guruhlar, so‘z turkumlariga qarashli so‘z
va so‘z shakllarining o‘zaro birikuvini tushunamiz. Bu birikuv asosida til tizimining yanada
yuqoriroq sathiga oid yanada murakkabroq mazmunga ega bo‘lgan yangi nominativ birlik
hosil bo‘ladi. So‘z birikmasining valentlikka oid xususiyatlarining bu ko‘rinishda talqin
qilinishi uning tarkibiy qismlari — alohida leksik birliklarning lisoniy tabiatini aniqroq
tasavvur qilish imkoniyatini yaratadi. So‘z birikmasining alohida til birligi sifatida qaralishi,
bir qadar mavhumdir, chunki lug‘atlarda ko‘proq so‘z formasi kiritiladi va izohlanadi. Hatto
izohli lug‘atlar mualliflari ham so‘zlarning grammatik xususiyatlarini yoritishayotib, ularning
birikish imkoniyatlarini e’tiborga olishga majbur bo‘ladilar.
Har qanday lisoniy belgining juft xususiyatli, ya’ni shakl va mazmunga ega bo‘lgan
hodisa sifatida qaralishi til nazariyasining asosiy talabidir. Lekin yagona shakl va mazmunga
ega bo‘lgan birlikning, uning valentlik qobiliyatining o‘zgarishi, turli yo‘sinda ifodalanishiga
so‘z birikmasida, grammatik ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin *1, 374 b.+. Valentlik
turlaridagi farqlar, ular doirasidagi har xil siljishlar so‘z turkumlari chegarasiga ma’lum