Международный
научный
журнал
№
10
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
654
SO‘Z BIRIKMASINING XUSUSIYATLARI HAMDA
VALENTLIK HODISASI
Termiz davlat universiteti
Òzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Shopo'latova Gulhayo Shuhrat qizi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada so‘z birikmalari haqida tushuncha hamda uning
boshqa birliklar bilan birikishi hamda imkoniyati va xususiyatlari, valentlik hodisasini
o‘rganish va uning turlarini aniqlash haqida so`z yuritilgan.
Kalit so ‘ zlar:
so‘z birikmasi, kommunikativ funksiya, valentlik, mantiqiy valentlik,
sintaktik, leksik, semantik, tilning dinamik xususiyati,
Ikki yoki undan ortiq mustaqil soʻzning tobe grammatik aloqa (moslashuv, boshqaruv
yoki bitishuv) asosida birikishiga Soʻz birikmasi deyiladi. borliqdagi narsa va hodisalarning
nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ignaning koʻzi, kitobni oʻqimoq, oydin
kecha va boshqa. Barcha turdagi soʻz birikmalari birdan ortiq mustaqil soʻzning birikuvidan
hosil boʻlib, ikki qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy maʼlumot (oliy —
tobe qism, maʼlumot — hokim qism).
Soʻz birikmasi komponentlarining tarkibiga koʻra sodda va murakkab turlarga
boʻlinadi. Komponentlarining har biri bir soʻz shakliga teng boʻlgan soʻz birikmasi sodda soʻz
birikmasi hisoblanadi:
sayroqi qush, yigirma xonadon, tez yugurmoq kabi.
Komponentlari
yoki ulardan biri birdan ortiq soʻzdan, soʻz birikmasidan iborat boʻlgan birikmalar murakkab
soʻz birikmasi deyiladi. Masalan, oliy maʼlumotli mutaxassis (oliy maʼlumotli — tobe qism,
mutaxassis — hokim qism).
Tarkibidagi hokim qismning qaysi soʻz turkumidan boʻlishiga koʻra soʻz birikmasining 2
turi farqlanadi: ot soʻz birikmasi va feʼl soʻz birikmasi. Ot soʻz birikmasi hokim komponenti
feʼldan boshqa turkumga oid soʻz (ot, son, ravish) bilan ifodalangan soʻz birikmasidir (yuk
mashinasi, barcha oʻquvchilar, goʻzal qishloq va boshqalar). Feʼl soʻz birikmasi hokim kismi
feʼl bilan ifodalangan soʻz birikmasilaridir (bogʻni aylanmoq, kitob oʻqimoq,
tez yurmoq
kabi). Tarkibidagi tobe soʻzning sintaktik vazifasiga koʻra 3 turi farqlanadi: aniqlovchili soʻz
birikmasi (yangi kitob), toʻldiruvchili soʻz birikmasi (ukamni oʻynatdim) va holli soʻz
birikmasi (tez gapirmoq, qishloqda yashamoq).
Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi va shu
xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Teng boğlanish sòz qòshilmasini
Tobe boğlanish sòz
birikmasini hosil qiladi
Valentlik so‘z birikmasining sintaksis-struktur sathida bajaradigan yagona vazifasidir.
Valentlik tushunchasi ilmiy adabiyotlarda keng miqyosda yoritilmoqda va bunday e’tibor
bejiz emas, zero, til birliklarining turli tuzilmalar tarkibida o‘zaro munosabatga kirishuvining
lisoniy mexanizmlarini aniqlash nazariy va amaliy tilshunoslikning ehtiyojiga aylangan. “Til