Исследование в XXI веке май, 2023 804 gmo mahsulotlar paydo bo‘lishiga asosiy sabablar. Gmo o‘zi nima? U



Yüklə 101,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü101,73 Kb.
#196780
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8
Tosheva Durdona Omon qizi


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
май
, 2023
805 
o‘simliklar va boshqa omillarni ham keltirish mumkin. Ularning ta’sirini qo‘shib 
hisoblaganda yo‘qotiladigan hosil miqdori yanada ortadi. Birgina Rossiya Federatsiyasida 
yovvoyi o‘simliklar ta’sirida 20 foizga yaqin hosil yo‘q bo‘ladi. Yuqoridagi omillarni hisobga 
olganda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasida muammolar yuzaga keladi. Bu 
ko‘rsatkichlar juda ko‘p mahsulotlar isrof bo‘layotganligidan darak beradi. FAO 
tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yer yuzidagi har yettinchi odam ochlikdan 
qiynalyapdi. Hatto, O‘zbekistonda ham 2 million nafarga yaqin inson (aholining 5,8 foizi) 
to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Biz ko‘rib chiqqan sabab va omillar soha 
mutaxassislari oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, buning uchun zarur 
o‘simlik navlari (ayni vaqtda yer yuzi aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqatning 80 foizi 12 
turdagi o‘simlikdan olinadi) va hayvon zotlarini yaratish, ularni yetishtirish 
biotexnologiyasini mukammallashtirish talabini qo‘ymoqda. Shu sababli GMO mahsulotlari 
ishlab chiqarishga harakat qila boshlashdi. Ko‘pchilik biolog, ekolog, seleksioner va genetik 
mutaxassislar ushbu muammoni hal etishda turli begona o‘tlarga, zararkunandalarga
kimyoviy moddalar, qurg‘oqchilik, sovuq, issiq va boshqa cheklovchi omillarga bardoshli 
o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish, tabiiy seleksiya yo‘li bilan yaratish imkoni 
bo‘lmagan hollarda ularning genlarini modifikatsiya qilish orqali yaratishni mazkur 
muammoning yechimi sifatida ko‘rsatadilar. Tabiiy seleksiya yo‘li degani tabiiy ravishda 
chatishtirish yo‘li bilan olinadigan o‘simlik navlari va hayvon zotlari olinishiga aytiladi. 
Masalan, o‘zbek olimlari tomonidan vilt kasalligiga chidamli «Toshkent 1», «Toshkent 2» 
kabi g‘o‘za navlari oddiy g‘o‘za navlarini yovvoyi g‘o‘za bilan chatishtirish orqali olingan. 
Yoki bug‘doyning qiltiriqsiz, qurg‘oqchilikka chidamli navlari, sersut Qozog‘iston oqboshi, 
go‘sht yo‘nalishida boqiladigan Shvits, Santa-Gertruda kabi qoramol zotlari, ko‘p tuxum 
qo‘yadigan rus oq tovug‘i, Zagorsk kabi zotlar ham ana shunday turdoshlarni o‘zaro 
chatishtirish orqali olinadi. Turlararo charishtirishni aytadigan bo‘lsam organizmlar 
xromosomasining soni har xil bo‘lishi turlararo chatishtirish imkonini bermaydi. Masalan, 
turlararo chatishtirishni – birinchi marta XX asr 20-yillari boshida G.D.Karpechenko 
tomonidan turp bilan karamni chatishtirish orqali olingan. U na turpga na karamga 
o‘xshagan o‘simlik bo‘lgan bundan tashqari u bepusht bo‘lgan. Genetikaning fundamental 
qonunlari turlararo chatishtirishga imkon bermaydi. Ayni vaqtda ilm-fanning rivojlanishi 
ana shunday muammolarni bartaraf etish, o‘zaro chatisha olmaydigan uzoq turlarni o‘zaro 
chatishtirish, ularning genlarini o‘zaro almashtirish imkonini bermoqda. 

Yüklə 101,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin